🧑‍🍳 Qurutob taomi😋

🧑‍🍳 Qurutob taomi😋


♦️Masalliqlar♦️

✅ Go’sht 300 gr +

✅ Ziravorlar

✅ Somsa xamiri yoki tayyor qatlama patir

✅ Qizil piyoz (oq piyoz ham bo’laveradi)

✅ Kashnich

✅ Bodring

✅ Pomidor

✅ Ukrop, ko’k piyoz

✅ Qurt + suzma + suv

✅ Erigan sariyog’

♦️Tayyorlanishi♦️

Go’sht to’g’rab qizartirib qovuramiz. Ziravorlar qo’shib (tuz pishishga yaqin qo’shiladi), suv quyib pishguncha dimlaymiz. Tayyor somsa xamiriga suv surtib pishirib olamiz. Piyoz va kashnichni to’g’rab aralashtiramiz.

Boshqa idishda esa to’ralgan bodring pomidor hamda ko’katlarni tuz bilan aralashtiramiz. Qurtni mayda qilib to’g’rab suv quyib ivitamiz.

So’ng suzma qo’shib aralashtirib qatlama non ustidan quyamiz. Taomni videoda ko’rsatilgandek yig’ib oxirida go’sht ustidan eritilgan sariyog’ quyamiz.

Report Page