Qur'ondan guldasta: ALLOH SUYGAN BANDALAR
AlQuranuzXULOSA
Oldingi maqolalarda Alloh suygan bandalarning sifatlari haqida eʼtiboringizga baʼzi maʼlumotlarni taqdim qildik. Keling, bu ulug‘ baxtga sazovor bo‘lgan bandalarni yana bir bor esga olamiz:
Alloh sevgan bandalar
1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ergashgan insonlar (“Oli Imron” surasi, 31-oyat).
2. Muhsinlar (“Oli Imron” surasi, 134-oyat).
3. Tavba qiluvchilar (“Baqara” surasi, 222-oyat).
4. Poklanuvchilar (“Tavba” surasi, 108-oyat).
5. Taqvodorlar (“Oli Imron” surasi, 76-oyat).
6. Tavakkul qiluvchilar (“Oli Imron” surasi, 159-oyat).
7. Sabr qiluvchilar (“Oli Imron” surasi, 146-oyat).
8. Adolatli kishilar (“Mumtahana” surasi, 8-oyat).
Shuningdek, hadisi shariflarda ham Alloh suygan bandalarning baʼzi toifalari zikr etilgan. Jumladan:
1. Qurʼonni yaxshi ko‘radigan banda (“Majmaʼ az-zavoid”. J.7. – B. 165).
2. Alloh uchun bir-birini yaxshi ko‘radiganlar (“Sahih Ibn Hibbon”. J.2. – B. 336; “at-Targ‘ib va at-tarhib”. J.3. – B. 365).
3. Alloh uchun hammajlis bo‘ladiganlar (“Sahih Ibn Hibbon”. J.2. – B. 336; “at-Targ‘ib va at-tarhib”. J.3. – B. 365).
4. Alloh uchun bir-birini ziyorat qiladiganlar (“Sahih Ibn Hibbon”. J.2. – B. 336; “at-Targ‘ib va at-tarhib”. J.3. – B. 365).
5. Alloh uchun bir-birlariga (mol-davlat va yordamini) sarf qiladiganlar (“Sahih Ibn Hibbon”. J.2. – B. 336; “at-Targ‘ib va at-tarhib”. J.3. – B. 365).
6. Hilm – muloyimlik bilan muomala qiladiganlar (“At-Targ‘ib va at-tarhib”. J.2. – B. 75; “Kanz al-ummol”. J.3. – B. 131).
7. Farz ibodatlar bilan birga nafl ibodatlarni ham bajaradigan kishilar (“Sahih al-Buxoriy”, 6502-hadis).
8. Allohga yo‘liqishni yaxshi ko‘radigan banda (“Sahih Ibn Hibbon”. J.7. – B. 279; “Sunan at-Termiziy”, 1067-hadis).
9. Tunda uyqudan turib, Qurʼon tilovat qiladigan kishi (“Al-Muʼjam al-kabir”. J.10. – B. 207; “Sunan at-Termiziy”, 2567-hadis).
10. O‘ng qo‘li bilan qilgan sadaqani chap qo‘li bilmaydigan kishi (“Al-Muʼjam al-kabir”. J.10. – B. 207; “Sunan at-Termiziy”, 2567-hadis).
11. Mag‘lub bo‘lsa-da, dushmanga qarshi kurashgan kishi (“Al-Muʼjam al-kabir”. J.10. – B. 207; “Sunan at-Termiziy”, 2567-hadis).
12. (Allohning azobidan qo‘rqib, gunohlardan siqilib) qalbi g‘amgin bo‘lgan kishi (“Al-Mustadrak ala as-sahihayn”. J.4. – B. 351; “Shuʼab al-iman”. J.2. – B. 271; “Fayz al-Qadir”. J.2. – B. 295).
13. Tavba qiluvchi yoshlar (“At-Tanvir bi sharh al-Jaomiʼ as-sag‘ir”. J.1. – B. 269; “Kanz al-ummal”. J.4. – B. 209).
14. To‘xtovsiz duo qiladigan kishilar (“Shuʼab al-iman”. J.2. – B. 364; “Musnad ash-Shihab al-Quzoʼiy”. J.2. – B. 145).
15. To‘g‘ri so‘zlaguvchi kishilar (“Shuʼab al-iman”. J.12. – B. 99; “Kanz al-ummal”. J.16. – B. 236).
16. Omonatga xiyonat qilmaydigan kishilar (“Shuʼab al-iman”. J.12. – B. 99; “Kanz al-ummal”. J.16. – B. 236).
17. Qo‘shnisiga ozor bermaydigan kishilar (“Shuʼab al-iman”. J.12. – B. 99; “Kanz al-ummal”. J.16. – B. 236).
18. Tavozeli va kamtar insonlar (“Kanz al-ummal”. J.5. – B. 821; “Jomiʼ al-ahadis”. J.23. – B. 275).
19. Tanilmagan (maxfiy sadaqa qiladigan) taqvodor boy kishi (“Sahih Muslim”, 2965-hadis).
20. Hamma bir kishiga yordam berishdan bo‘yin tovlagan paytad unga yashirincha yoram bergan kishi (“Sahih Ibn Hibbon”. J.8. – B. 137; “Sunan at-Termiziy”, 2568-hadis).
21. Hamma charchab uyquni afzal ko‘rib, boshlarini yostiqqa qo‘yganlarida tunda uxlamasdan Allohga iltijo qiladigan va Qurʼon tilovat qiladigan kishi (“Sahih Ibn Hibbon”. J.8. – B. 137; “Sunan at-Termiziy”, 2568-hadis).
22. G‘ayratli kishilar (“Al-Muʼjam al-avsat”. J.8. – B. 215; “Jomiʼ al-ahadis”. J.41. – B. 252).
23. Qo‘shnisining ozorlariga sabr qiladigan kishi (“Kanz al-ummal”. J.9. – B. 51; “Fayz al-Qadir”. J.2. – B. 292).
24. Dunyodan zuhd qilib, odamlar qo‘liga qarab qolmagan kishi (“Sharh as-sunna”. J.14. – B. 238; “Sunan Ibn Moja”, 4102-hadis).
Mazkur bandalar Allohning muhabbatiga sazovor bo‘lgan kishilardir. Shu o‘rinda savol tug‘ilishi tabiiy: “Allohning sevgisi”, deganda nimani tushunish mumkin?
Mulla Ali Qoriy rahimahulloh Allohning sevgisini shunday izohlagan: “Alloh bandalarni sevadi”, deganda quyidagi maʼnolar anglashiladi:
1. Alloh ulardan rozi bo‘ladi;
2. Alloh ularga savob beradi;
3. Alloh ularni (balo-ofat va maʼsiyatlardan) saqlaydi;
4. Alloh ularning obro‘-eʼtiborlarini ulug‘ qiladi”.
Allohim! Barchamizni muhabbatingga sazovor bo‘ladigan bandalaring qatoridan qilgin!
Manba:
1. Qarang: Muftiy Pir Muhammad Aslam Naqshbandiy Mujaddidiy. Sukuni dil hasil karne ke asan tariqe. – Islomobod: Dar al-ulum markazi sukun, O‘zXIA Manbalar xazinasi, №2549. – B. 33-46;
2. Nuruddin Ali ibn Sulton Mulla Ali Qori. Anvor al-Qurʼan va asror al-Furqon (Tafsir al-Mulla Ali al-Qori). J.1. – Bayrut: Dar al-kutub al-ilmiya, 2013.– B. 525.
Abdulloh Abdulmajid tayyorladi
Shayx Alijon qori rasmiy
sahifalari👇
Telegram |Facebook |Youtube | Instagram