Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo‘limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka olgan fuqarolar bilan su…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5216-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Qumqo‘rg‘on tumani “Jiydali” MFYda yashovchi yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar hamda ularni farzandlikka yoki vasiylikka (homiylikka, patronatga) olgan fuqarolarga bepul yuridik xizmat ko‘rsatish boʻyicha Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari tomonidan "Jiydali" MFY faollari ishtirokida joylarga chiqqan holda huquqiy targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.

Targ’ibot tadbiri davomida Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan “Mehr daftari” tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomning mazmun mohiyati tushuntirildi.

 Nizomga muvofiq, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar tuman (shahar) hokimi qarori asosida «Mehr daftari»ga kiritiladi va undan chiqariladi.

 Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar 25 yoshga to‘lganda tegishli qaror asosida «Mehr daftari»dan chiqariladi.

 Bunda daftardan chiqarilayotgan shaxslarning bandligi ta’minlangan va uy-joyi mavjud bo‘lishi shart. Bandligi ta’minlanmagan holatlarda, «Mehr daftari» hisobida turish muddati bandligi ta’minlangungacha, biroq 5 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytiriladi.

O‘quv-tarbiya muassasalari hamda tuman (shahar) hokimliklarining Bolalarni himoya qilish shu’balari «Mehr daftari»ni shakllantirishga mas’ul hisoblanadi.

Shuningdek, hukumatning «Yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga asosan:

 - yetim bolalar va ota-onasining yoki boshqa qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarida hamda ularni tamomlagandan so‘ng akademik litsey, kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya oladigan muddatda to‘liq davlat ta’minotida bo‘lishi, to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalarga ularning shaxsiy xarajatlari uchun har oyda 2 BHM (540000 so‘m) miqdorida pul mablag‘lari to‘lanadi.

 - davlat ta’minotiga olingan bolalarga (keyingi o‘rinlarda — o‘quvchi (talaba) ular ta’lim muassasasini bitirayotganda, ishga qabul qilinayotganda kiyim-bosh, poyabzal va boshqa buyumlar sotib olish hamda yo‘l xarajatlari uchun mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 35 baravari (9 450 000 so‘m) miqdorida pul nafaqasi (keyingi o‘rinlarda — bitiruv nafaqasi) beriladi.

 Ushbu imtiyozlar quyidagilarga nisbatan amal qilmasligi tushuntirib o‘tildi, ya’ni:

 - davlat tarbiya, davolash-sog‘lomlashtirish, tibbiy-ijtimoiy muassasalarida tarbiyalanayotgan to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan bolalarga;

 - vasiylik yoki homiylik belgilangan bolalarga;

 - oilaga tarbiyaga (patronat) olingan bolalarga;

   - oliy ta’lim muassasalarida ikkinchi va undan keyingi ta’lim yo‘nalishi, ta’limning sirtqi shaklida ta’lim olayotgan, shuningdek, magistratura mutaxassisligi bo‘yicha bakalavriat bosqichini bitirgan yili o‘qishga qabul qilinmagan talabalarga.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-avgustdagi PQ-5216-son qarori bilan turar joyga ega bo‘lmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga ular 18 yoshga to‘lgan yilda ko‘p kvartirali uy-joylardan umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 1 xonali, voyaga yetgan yetim bolalar o‘rtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar ajratilishi belgilangan.

Uy-joylar mulkka egalik qilish huquqi asosida, biroq 30 yoshga to‘lgungacha uni sotish huquqisiz beriladi.

 Hujjatga asosan uy-joylar tuman hokimligi tomonidan ajratilib, yashash uchun barcha zarur sharoitlarga ega holda topshiriladi.

    Uy-joy berish to‘g‘risidagi qaror asosida tuman (shahar) hokimligi order beradi va ushbu order berilgan uy-joyga ko‘chib kirish uchun asos hisoblanadi. Orderlar «onlayn-navbat» axborot tizimidagi qat’iy ketma-ketlik asosida beriladi va o‘sha kundan 10 kundan kechikmay notarial rasmiylashtiriladi.

 Qarorga ko‘ra 2022-yil 1-yanvardan:

 - yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning uy-joyga muhtojligi «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimi orqali aniqlanadi;

 - yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka (homiylikka, patronatga) olish «Vasiylik va homilik» elektron platformasi orqali onlayn murojaatga asosan amalga oshiriladi.

Suhbat jarayonida mazkur fuqarolarga ijtimoiy ta'minot masalalaridagi qonunchilik hujjatlari boʻyicha ham tushuntirishlar berildi.

       

                        Qumqo‘rg‘on tuman adliya bo'limi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi.



Report Page