QuizBot bilan ishlash
AkhtamOFFAssalomu alaykum. Bugun siz bilan QuizBotda test tuzishni o'rganamiz.
Buning uchun, telegramdan @QuizBot'ni qidiramiz va test tuzish uchun kiramiz.

👆Albatta ishni pastdagi "Start" tugmasini bosishdan boshlaymiz va tilni o'zbekchaga o'zgartirib, /start buyrug'ini kiritamiz.

👆Albatta endi "Yangi test tuzish" buyrug'ini bosamiz.

👆Ushbu bosqichda testning asosiy nomi kiritiladi.

👆Xohishingizga ko'ra, test haqida, har bir savoli uchun qancha vaqt ajratilishi haqida qisqacha izoh yozib qoldirasiz va tekstni kiritganingizdan so'ng, hosil bo'lgan "Savol tuzish" tugmasini bosasiz.

👆Ushbu yangi oynada savol va javoblarni kiritasiz.
Javoblarning maksimal soni -10 ta.

👆Javoblarni kiritib bo'lgandan so'ng to'g'ri javob ustiga bir marotaba bosasiz va javobda yashil belgi hosil bo'ladi.
Anonim shaklni istasangiz o'chirib qo'yasiz. Odatiy testlarda Anonim shakl yoqilgan bo'ladi, shu sabab ushbu bo'limga tegishni tavsiya etmaymiz.
Ushbu ishlar yakunlangach yuqoridagi o'ng burchakda turgan "Sozdat" tugmasini bosamiz.

👆Istagingizga qarab, testlar tuzasiz.

👆Testlarni tuzib bo'lgach /done buyrug'ini kiritasiz va keyingi so'rovdan har bir testni yechish uchun qancha vaqt ajratilishini tanlaysiz.

👆Keyingi qadamimiz testni har yechganda savollar va javoblarni turli xil kelishini hal qilamiz. Maslahatim - "Barchasini aralashtirish" buyrug'ini kiriting.

👆Endi ushbu test paketini "Testni ulashish" buyrug'i orqali kanalingiz yoki guruhlarga, yo bo'lmasam alohida shaxslarga yuborishingiz mumkin.
www.t.me/google_bilan hayot yanada oson va qiziqarliroq.