Quest Step by Step

Quest Step by Step

TDYU Ma'naviyat va marifat markazi

Ushbu tanlov Toshkent davlat yuridik universitetida ta’lim olayotgan talabalar orasida o‘tkaziladi.

Bunda jamoalar o‘zlarining topqirliklari, bilim va ko‘nikmalari, uddaburonliklarini ishga soladilar. Ulardan mantiq, ona tili, adabiyot, IT, arifmetika, ingliz tili, rus tili, tarix, geografiya, ommaviy huquq, jinoiy huquq, kriminalistikava va san’atshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lishlari talab qilinadi.

Savollar va belgilangan manzillar 12 tani tashkil etadi. Har bir manzilga universitetning pedogok-xodimlari biriktiriladi va kelgan jamoaga xarita bo‘lagida yozilgan kelasi manzilga yo‘l olishlari uchun savol va topshiriqlar beriladi. Har bir manzilda to'g'ri javob uchun xarita bo'lagi beriladi. Qaysi jamoa birinchi bo‘lib xaritani butun xoliga keltirsa shu jamoa g‘olib xisoblanadi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi bo'lganlar, joriy yilning 9-may kuni soat 22.00 ga qadar o'z jamoalarini shakllantirishlari (asosiy ishtirokchi 8 nafar va zaxirada 2 nafar) va ro'yxatdan o'tishlari lozim. Bir ishtirokchi faqat 1 ta jamoada ro'yxatdan o'tishlari lozim.

Eslatib o'tamiz, bir ishtirokchining ma'lumoti 2 yoki undan ortiq jamoada ko'rsatilgan bo'lsa shu jamoalar avtomatik tarzda o'yinni tark etadi.

Jamoa ishtirokchilarining bir kursdan/fakultetdan iborat bo'lishlari bo'yicha cheklov mavjud emas.

Tanlovda ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tgan jamoalar orasidan jami 10 ta jamoa qura tashlash yo'li bilan tanlab olinadi. Qur'a tashlash jarayoni barcha jamoa sardorlari ishtirokida bo'lib o'tadi.


Ma'lumot uchun: @quest_stepbystep

Bizdan uzoqlashmang va kuzatishda davom eting!


Report Page