Qozog‘istonda qor yog‘ib, havo 8 darajagacha sovishi kutilmoqda

Qozog‘istonda qor yog‘ib, havo 8 darajagacha sovishi kutilmoqda


Sinoptiklar yaqin kunlarda Qozog‘istonda yomg‘ir va qor yog‘ib, havo sovishini prognoz qilmoqda. Bu haqda “Kazgidromet” xabar berdi.

Foto: Vlast.kz

Janubiy siklon taʼsirida 25—27-aprel kunlari respublikaning janubiy qismida, 25-aprelda shimoli-g‘arbida yog‘ingarchilik kuzatiladi. Kechasi uzoq shimoli-g‘arbda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin. Respublikaning janubi va janubi-sharqida kuchli yomg‘ir yog‘adi. Do‘l va kuchli shamol bo‘lishi prognoz qilingan.

Mamlakatning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, kechasi shimol va sharqda kuchli shamol hamda tuman tushishi kutilmoqda. Janubda havo haroratining bosqichma-bosqich pasayishi kechasi 0 dan 12 darajagacha iliq, kunduzi esa 10-20 daraja iliq bo‘lishi mumkin.

Shimoliy hududlarda 25-aprel kuni harorat keskin sovishi kutilmoqda: kechasi 0...-8 daraja sovuq, kunduzi 5-13 daraja iliq. Keyin havo harorati shimolda kun davomida 10-17 darajagacha ko‘tarila boshlaydi.





Report Page