Qo’shma reyd davom etmoqda

Qo’shma reyd davom etmoqda


Joriy yil 11 oktabrda  “O’zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi  va viloyat ichki ishlar boshqarmasi yo’l harakati xavfsizligi boshqarmasi  bilan hamkorlikda qo’shma reyd tadbiri o’tkazildi.

Tadbir davomida texnikadan foydalanish qoidalarini qo’pol ravishda buzish, xavsizlik qoidalariga rioya etmaslik holatlari aniqlandi.

Jumladan inspeksiyaning Oqdaryo tuman bo’limi tomonidan o’tkazilgan tadbirda  fuqaro P.E. o’ziga tegishli bo’lgan “TTZ 80-10” traktorni tegishli hujjatlarsiz boshqarib kelayotganligi aniqlandi.

 Paxtachi tumanidagi Obod mahallasi  xududida  o’tkazilgan monitoring davomida fuqaro X.I. o’ziga  tegishli “TTZ-80” rusumli traktorni yillik texnik ko’rikdan o’tkazmasdan,ogohlantiruvchi chiroqlari nosoz holda boshqarayotgani aniqlandi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan O’zbekiston Respublikasining  MJtK ning 135 -moddasi tegishli qismi bilan mamuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Eslatib o’tamiz: O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning 112-135- moddalariga asosan, nosoz texnikalardan foydalanish, texnikadan texnik jihatdan foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalarini qo’pol ravishda buzish, yillik majburiy texnik ko’rikdan o’tkazilmagan texnikalardan foydalanish, hujjatsiz texnikalarni boshqarish hamda belgilangan tartibda texnikalarni davlat ro’yxatiga qo’ymasdan foydalanish ma’muriy jarimaga tortishga sabab bo’ladi.

“O’zagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi

axborot xizmati


Report Page