Qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish agrotarmoqning muhim vazifalaridan biri

Qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish agrotarmoqning muhim vazifalaridan biri


Qishloq xo‘jaligi O‘zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlaridan biridir. Meva-sabzavot va poliz ekinlarini yetishtirish va ularni qayta ishlash jarayonlarini texnik va texnologik yangilash hamda modernizatsiya qilish, tarmoqning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvi uchun turtki bermoqda. O‘z-o‘zidan meva va sabzavotlarni qayta ishlash, qadoqlashga bo‘lgan talab ham oshib bormoqda.

Ana shunday imkoniyatlarni o‘zida jamlagan yana bir tashabbus Samarqand tumani “Gulobod” qo‘rg‘onida joylashgan “Agromir” MChJ meva va sabzavotlarni qayta ishlash korxonasidir.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning Samarqand viloyatidagi navbatdagi tashrif obyekti aynan mana shu korxona bo‘ldi. Bu manzilda zaminimiz bog‘larida yetishtiriladigan meva va sabzavotlar qayta ishlanib, turli xildagi sharbatlar ko‘rinishda qadoqlanadi. Natijada 680 ta doimiy ish o‘rni yaratilgan.

Mahsulot ishlab chiqarishni keng ko‘lamda tashkil etish maqsadida, quvvat zamonaviy texnologik liniya bilan jihozlangan. Bu yerda nafaqat meva sharbatlari, balki barcha soklarning asosi bo‘lgan meva pyurelari ham tayyorlanadi. Xorijga ham ayni mahsulot eksportga chiqariladi. Jahonning mashhur brendlari korxonaning asosiy xaridorlaridir.

I.Abdrurahmonov o‘z navbatida bugungi kunda korxona oldida turgan masalalar yechimi hamda ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirish bo‘yicha atroflicha fikr almashdi.

Mevalar tarkibini saqlanishi, ulardagi vitamin, suvlilik darajasini me’yorida bo‘lishi uchun lozim ishlar ko‘lami belgilanishini bildirdi.

Zero, bu ishlar mamlakatimiz tadbirkorlarining ishini yengillashtirib, savdo peshtaxtalariga sifatli mahsulot yetkazilishiga zamin yaratadi.

Ma’lumot o‘rnida, korxona 2018 yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, faqat sharbat tayyorlovchi korxona 18 gektar maydonni o‘z ichiga olgan. Yillik quvvati esa, 112 ming tonnani tashkil etadi. O‘zining meva bog‘lari va laboratoriya majmuasiga ega.



Report Page