Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunov rahbarligida aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunov rahbarligida aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi

Fuqarolarning huquq va erkinliklariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, ularga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirishda adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-sonli Farmoni qabul qilindi.

Joylarda aholi tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb muammolarni ko‘rib chiqish va hal etish uchun har oyda mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlarini o‘tkazish, uyma-uy yurish va “Huquqiy ko‘mak” aksiyalarini o‘tkazish orqali fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish, aholiga qonunchilik hujjatlarining mohiyati va ahamiyatini oddiy va xalqchil tilda yetkazish, shuningdek tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari hamda ulardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilish kabi vazifalar yuklatilgan.

Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i F.Saliev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunov rahbarligida, Xo‘jayli tumani “Nawrız” MFY da vazirlik xodimlari, Xo‘jayli tuman adliya bo‘limi xodimlari, “Madad” NNT Xo‘jayli tuman huquqiy maslahat byurosi va tumandagi mutasaddi tashkilotlar ishtirokida aholi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul jarayonida joylarda aniqlangan muammolarning huquqiy yechimlari, aholi uchun eng dolzarb masalalarni, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish tartibiga oid masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi va huquqiy hujjatlar bilan bog‘liq masalalari hal qilindi.

Shundan so‘ng, Xo‘jayli tumani “Nawrız” MFY da joylashgan aholi uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan infokiosk xizmatlari tekshirildi. “my.gov.uz” “yurxizmat.uz”, “advice.uz” portallaridan foydalanish tartibi va bepul ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari turlari haqida ma’lumot berildi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshlig‘i F.Saliev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunov, shuningdek mas’ul xodimlar tomonidan uyma-uy yurgan holda joylarda aholi muammolari tinglandi va o‘rganildi.

Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar asosan, uy-joy va yer muammosi, ijtimoiy ta’minot, kredit olish tartibi, ish bilan ta’minlash, onalik va bolalik huquqi himoya qilinishi kabi masalalarning ayrimlari joyida hal qilingan bolsa, ayrimlari vaqt talab etishi tufayli nazoratga olindi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi













Report Page