Qora tuynuklar va umumiy nisbiylik nazariyasi

Qora tuynuklar va umumiy nisbiylik nazariyasi


Menimcha, bu sirli Qora tuynuklar haqida eshitmagan va unga qiziqib ko'rmagan inson bo'lmasa kerak.Bugun ularning ba'zi sirlarini sizga oshkor qilamiz.


Avvalambor, Qora tuynuklar haqida gapirishdan oldin, Eynshteynning umumiy nisbiylik nazariyasi haqida to'xtalib o'tish kerak.



Umumiy nisbiylik nazariyasi

Bu nazariyani tushunish uchun 2 ta narsani bilib olish kerak:

1.Biz 4 o'lchamli dunyoda yashaymiz.(Fazo-vaqt).Jismlarning bo'yi,eni va balandligidan tashqari ularning yana bir koordinatasi bor bu vaqt. Faqat biz vaqt va qolgan uchta koordinatalarni bittada qabul qila olmaymiz, vaqt va fazo biz uchun bir biridan ajratilgan.Lekin bu faqat biz uchun. Aslida 4 o'lchamli obektlar shaklini o'zgartirmaydi. Faqatgina, biz faqat 3 o'lchamni qabul qila olganimiz uchun juda tez harakatlanayotgan jismda vaqt sekinlashgandek yoki ularning shakli o'zgarayotgandek tuyuladi.( batafsilroq: https://t.me/nega_unday/66)

2. Erkin tushayotgan jismlar aslida hech qachon tezlanish olmaydi, ular har doim bir xil tezlik bilan qulaydi.Shunchaki sayyoralar va yulduzlarga o'xshagan katta massali jismlar fazo-vaqtni egadi va tekis tezlanishli jismlar bizga huddi tezlanish olayotgandek tuyuladi.Buni biz gravitatsiya deb qabul qilamiz.


Gravitatsiya qanday ishlashi oddiy misolda tushuntirib berilmoqda
Gravitatsiya taʼsirida aylanayotgan obyekt aslida to'g'ri chiziqli tekis harakatini davom ettiraveradi.Faqatgina, u turgan fazo-vaqt egiladi.


O'ta og'ir massali jismlar galaktikalar, qora tuynuklar bizga yetib kelayotgan yorugʻlikni ham egib, uning ortidagi jismlarni bizga deformatsiyalangan holatda ko'rsatadi.Bu gravitatsion linza deyiladi

Galaktika ortidagi obyektdan kelayotgan nurning egilishi
Yuqoridagi holat natijasida obyekt bizga mana shunday ko'rinadi.


Ana endi Qora tuynuklar.

Qora tuynukga yaqinroq qarash imkoni bo'lsa u shunday ko'rinadi.

Ko'pchiligingiz Qora tuynuklarni hamma narsani o'z ichiga yutub yuboradigan koinotdagi katta teshik deb o'ylaysiz.Ha, nisbatan bu gap to'g'ri,lekin, faqat nisbatan.

Ko'pchilik Qora tuynukni aynan shunday tassavur qiladi.

Shunga oʻxshash siz ko'rgan tasvirlar Qora tuynukni soddalashtirilgan 2 o'lchamli tasvirlari. Biz esa 3 o'lchamli hayotda yashaymiz (hatto 4 o'lchamli 😅) , 2 o'lchamli aylana esa hammaga ma'lumki, uch oʻlchamli fazoda shar shaklida. Qora tuynuk ham aslida tuynuk emas huddi yulduzlarga o'xshash shar shaklida. Faqat uning yulduzlardan bitta farqi bor.U o'lik yulduz.

Qora tuynuklar ba'zi yirik yulduzlar hayoti soʻngida paydo bo'ladi. Yulduz qariganida uning o'z gravitatsiyasi ta'sirida siqilib ketishini oldini oladigan, ichki bosimi qolmaydi(bu bosim termoyadro reaksiyalari natijasida hosil boʻladi).Natijada yulduz hajmi bitta nuqtaga siqilishni boshlaydi, ammo uning massasi hech qayerga ketmaydi va oxir-oqibat o'ta zich neytron yulduz hosil bo'ladi.(https://telegra.ph/Katta-portlash-teoriyasi-Yulduzlar-evolyutsiyasi-10-01


Ba'zi neytron yulduzlar shunchalik zichlashib ketadiki, ular singularlik(cheksiz zich obyekt) hosil qiladi. Singularlik atrofida gravitatsiya haddan tashqari kuchliligidan u atrofidagi massasi yo'q foton(yorugʻlik zarrachasi)larni ham oʻziga tortib oladi va shu paytda o'sha mashhur Qora tuynuk hosil boʻladi. Albatta, biz nimanidir ko'rishimiz uchun bizning ko'zimizga yorugʻlik yetib kelishi kerak, Qora tuynuk fotonlarni torib olgani uchun bizga u absolyut qop-qora bo'lib ko'rinadi.

Umuman olganda hamma narsani biror hajmgacha siqsa u Qora tuynukga aylanadi, hatto siz ham nazariy jihatdan juda mitti Qora tuynukga aylanishingiz mumkin.Bu hajm(radius) gravitatsion radius deb ataladi. Masalan, Yerning gravitatsion radiusi taxminan bitta olchaning o'lchamlariga teng.(🌎=🍒=⚫)



Endi bir tassavur qilamiz, odam Qora tuynikga kirib ketsa nima bo'ladi.

Agar siz Qora tuynukga kirishingizni do'stningiz videoga olib Instagramga qo'yishini istasangiz, chuchvarani hom sababsiz. Siz Qora tuynukga kirguningizcha do'stingiz qarib, allaqachon o'lib ketgan bo'ladi.Chunki, oldin aytib o'tganimdek Qora tuyuklar atrofida vaqt sekinlashib qolgandek bo'ladi.Bechora, do'stingiz umrini oxirigacha sizni qimirlamay qotib turganingizni kuzatadi. Shuning uchun do'stingizni unuting, sizni hali oldinda juda "qiziq" narsalar kutmoqda.

Qora tuynukga kirgan jism, hatto yorugʻlik ham undan hech qachon chiqib keta olmaydi.Qora tuynukning bu qismi voqealar gorizonti deb ataladi, aynan shu chegarani kesib oʻtganlar uchun ortga qaytish yo'q.Siz bu chegarani kesib oʻtganingizdan keyin lag'monga o'xshab cho'zilib ketasiz, chunki singularlikka qancha yaqin kelgan sari gravitatsiya shuncha kuchayib ketadi.Shuning uchun, oyoqlaringiz koʻproq tortilib cho'zilib ketasiz va .....shu bilan tamom siz o'ldingiz😂.

Olimlar bu holatni spagettifikatsiya deb atashadi.Qiziq nom-a?

Olimlar hozir singularlik ichida nima bo'lishini u qanday ko'rinishini umuman hech narsani bilishmaydi, faqat uni cheksiz zich obyekt ekanligi maʼlum holos.

Balki, biz hech qachon Qora tuynuk ichida nimalar bo'lishini bilib, ololmasmiz, ammo shunday bo'lsada men ishonamanki odamlar hech qachon tassavur qilishdan to'xtashmaydi.

Astronomlar aynan shu yili Qora tuynukni birinchi tasvirlarini olishga erishishdi.Endi bemalol Qora tuynuk rostan ham bor deyishingiz mumkin



P.S Agar Qora tuynuklarga qiziqib qolgan bo'lsangiz "Interstellar" filmini ko'rishni tavsiya qilaman. Badiiy film bo'lishiga qaramasdan, unda ko'rsatilgan voqealar koʻpgina olimlar tomonidan haqiqatga juda yaqin deb topilgan. Agar bu kinoni ko'rgan bo'lsangiz ham yana bir marta ko'rib chiqing, chunki endi film qahramonlari nimalar deyapganiga yaxshiroq tushunasiz😉






Report Page