“Qora ro‘yxat” (Чёрный список)da turganligim sababli kredit ololmadim…

“Qora ro‘yxat” (Чёрный список)da turganligim sababli kredit ololmadim…


Bugungi kunda tijorat banklari va mikrokredit tashkilotlari yoki ayrim tovarlarni iste’mol krediti beruvchi savdo tashkilotlariga kredit olish uchun tashrib buyurayotgan fuqarolarimizga kredit ajratish jarayonida kredit tarixini ya’ni ularning oldin olgan (kredit) qarz mablag‘lari bo‘yicha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarganligi hamda joriy qarzdorliklari mavjudligiga alohida e’tibor berilmoqda. Fuqarolarga kredit ajratish jarayonida yetarli bilim va malakaga ega bo‘lmagan ayrim bank yoki iste’mol krediti beruvchi savdo tashkilotlari xodimlar tomonidan fuqarolarning kredit arizasini ko‘rib chiqish jarayonida oldin olingan yoki joriy krediti bo‘yicha to‘lovlarni kredit shartnomasida belgilangan muddatlardan kechiktirib to‘lagan fuqarolarga “qora ro‘yxatga tushib qolgansiz” deb izoh berishi (tushuntirishi) oqibatida yuzaga kelmoqda.

Xo‘sh, “Qora ro‘yxat” mavjudmi?

  Avvalo shuni aytib o‘tish kerakki, bank tizimida “qora ro‘yxat” tushunchasi, kredit ajratilishi ta’qiqlangan fuqarolar bo‘yicha tuzilgan “maxsus ro‘yxat” yoki “ma’lumotlar bazasi” mavjud emas. Ushbu holatlar aslida fuqarolarimizning “Kredit tarixi” bilan bog‘liq.

  “Kredit tarixi” nima va uning ahamiyati qanday?

Kredit tarixi - bu qarz oluvchining kreditga layoqatliligini baholaydi ya’ni Sizning qaerdan, qaysi kredit tashkilotidan, qancha miqdorda qarz olganingiz va keyinchalik uni qanday to‘laganingiz to‘g‘risida batafsil ma’lumot, ya’ni fuqaroning kredit to‘lovlarini to‘lash borasida qay darajada intizomli va mas’uliyatli ekanligi to‘g‘risida ma’lumot.

Har bir kredit tashkiloti o‘zining kreditlash tartibi talablari va kreditning qaytmaslik riskini baholash mezonlaridan kelib chiqib, qarz oluvchining kredit tarixi ma’lumotlari, daromadi hamda taklif etilayotgan kredit ta’minotini tahlil qiladi va yakunda kredit ajratish yoki ajratmaslik yuzasidan mustaqil qaror qabul qiladi. O‘z navbatida, mazkur qarorlar turli kredit tashkilotlarida turlicha bo‘lishi mumkin.

 O‘zbekiston Respublikasining “Kredit ma’lumotlari almashinuvi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan kredit tarixi qarzdorning so‘nggi besh yil ichidagi majburiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olib, quyidagilarni aks ettiradi:

 ▪️ qarzdor to‘g‘risida

▪️joriy va yopilgan kreditlar, tovar kreditlari qiymati, rasmiylashtirilgan sanasi, muddati va qoldig‘i to‘g‘risida

▪️ muddati o‘tgan qarzdorliklar to‘g‘risida

▪️ joriy va yopilgan kreditga qo‘yilgan garov mulki va mulk egasi to‘g‘risida

▪️ sud jarayonidagi kreditlar to‘g‘risida

▪️ kredit tarixi shakllangan sana va uni tayyorlagan tashkilot to‘g‘risida

  Kredit tarixingizni va kredit ballingizni qanday tekshirish mumkin?

  ▫️ Kredit tarixingiz va kredit skoringingizni ikki usulda tekshirishingiz mumkin:

➖ Kredit byurosi orqali - https://portal.infokredit.uz/login

➖Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali - https://my.gov.uz/ru/service/411



Report Page