Qonun buzilishining oqibati bartaraf etildi
Asaka tuman yuridik xizmat ko'rsatish markaziO‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasida “Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir”-deya ko‘rsatilgan.
Prezidentimizning 2021 yil 29 iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi PQ-5168-son qarori bilan barcha tuman(shahar)larda yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari tashkil etilib, fuqarolarimizning mehnat huquqlari samarali himoya qilinishi, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonuniylikni ta’minlanishi borasida beminnat xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Yuqoridagi qarorga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ–173-son qarori bilan o‘zgartirish kiritilib, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga qator davlat tashkilotlari, jumladan davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablari yuridik xizmat ko‘rsatish uchun biriktirilib, ushbu xizmat respublikamizning barcha maktablarini ham qamrab olishi belgilandi. Bunda umumiy o’rta ta’lim maktablarining yuridik tusdagi barcha hujjatlari yuridik xizmat ko‘rsatish Markazlari tomonidan huquqiy ekspertizadan o‘tkazilib, ijobiy yuridik xulosa olgandan keyingina imzolanib, ijroga qaratilishi mumkin bo’ladi.
Asaka tumanidagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining mansabdor shaxslari yuqoridagi talablarni bajarmasdan, yuridik xizmat ko'rsatish markazining yuridik xulosasini olmasdan, maktabning kadrlar bo‘yicha menejeri M.M. bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g’risida buyruq chiqargan hamda imzolab, amalga kiritishga uringan.


Qonun ustuvorligi ta’minlanib, Asaka tumani 24-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining kadrlar bo‘yicha menejer M. M. bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi buyrug‘i Fuqarolik ishlari bo‘yicha Asaka tumanlararo sudining 2022 yil 3 oktabrdagi hal qiluv qaroriga asosan g'ayriqonuniy deb topildi va xodim o‘z ishiga tiklandi.