Qon quyilishi va uni davolash borasida tavsiyalar

Qon quyilishi va uni davolash borasida tavsiyalar


Odatda, qon quyuqlashgani haqida shifokordan eshitamiz. Ungacha bemor bosh og‘rig‘i, tushkunlik, xotira pasayishi kabi belgilardan shikoyat qilib yuraveradi. Tashhis to‘g‘riligini qon tahlillari tasdiqlagach, o‘z vaqtida davolanish zarur. Aks holda, hayotingizga depressiya, qonda tromb yig‘ilishi va yurak kasalliklarni chaqirgan bo‘lasiz. Xo‘sh, aslida ham qon quyilishining sabablari nima?

Qon quyulishiga sovqotish, qattiq asabiylashish, qandli diabet, hatto ba’zi mahsulotlar sababchi bo‘lishi mumkin. Bemor uyquchan, behol, jizzaki, kayfiyati o‘zgaruvchan bo‘lib qoladi, qon bosimi ko‘tariladi, og‘zi quriydi, qo‘l-oyoqlari doim muzdek bo‘ladi. Noto‘g‘ri ovqatlanish, organizmda gijja borligi, stress va darmondori yetishmasligi ham qon quyuqlashishiga olib kelishi mumkin.

Qonni quyiltiruvchi mahsulotlar

Shakar, pishiriqlar, kartoshka, banan, tuxum, grechixa yormasi, gazli ichimliklar, xolodes (dirilloq), uzum, fast-fud va qovurma taomlar, o‘simliklardan – dalachoy va gazandao‘t. Ularni imkon boricha taomnomada kamaytiring.

Diqqat!

  • yurakni davolashda ishlatiladigan siydik haydovchi dori vositalari;
  • shahvatni ko‘taruvchi dori vositalari,
  • homiladorlikdan saqlovchi dori-darmonlar qonni quyultirish xususiyatiga ega.

Ularni qabul qilishda me’yorni oshirib yubormang.

Davolanishdagi uch tavsiya

  1. Qonning umumiy hamda biokimyoviy tahlilini topshiring.
  2. Tezroq ichki kasalliklar shifokor (terapevt) ko‘rigidan o‘ting. Muammoning yechimi oddiy dori preparatlarida bo‘lishi mumkin. Lekin dori vositalarini o‘z bilganingizcha, qabul qilishni maslahat bermaymiz.
  3. Kun davomida sof suyuqlik – oddiy qaynatilgan yoki gazsiz mineral suvni 2,5-3 litrgacha ichish, qonni suyultiradigan mahsulotlar – anjir, sarimsoqpiyoz, ko‘kpiyoz, shotut, bodring, sitruslilar, qizil bulg‘or qalampiri, olma, olcha, limon, o‘stirilgan bug‘doy, pomidor, baliq, kakao, anor, dengiz karami, kungaboqar pistasini imkon qadar ko‘proq iste’mol qilish kerak.

manba avitsenna.uz


Report Page