Qo'lsiz oyoqsiz muvaffaqiyat !
© N.SH.50 dan ortiq mamlakatlarda bo’lib ma’ruzalarini olib borayotgan Motivatsion orator, 4 bestseller kitoblar Muallifi, qo’shiqchi va aktyor Nikolas Djeyms ( Nik ) Vuychich.
1982 yil 4 dekabrda Avstraliyada Serb migrantlari Dushka va Boris Vuychich oilasida dunyoga kelgan. Tug’ilayotganda otasi bolani ko’rib, qo’rqqanidan koridorga qochib chiqadi. “Bolam qo’lsizmi?”- otasining doktorga bergan birinchi savoli shunday edi. Nik qo’l va oyoqsiz dunyoga keldi. Faqatgina, xirurgik operatsiayadan so’ng ajralgan bir oyoq to’pig’i va barmoqchalari bor. Ular yordamida U yozishni, chizishni, kompyuterda yozishni, suzishni, skeyt uchishni, serfing taxtasida uchishni o’rganib oldi.
10 yoshida o’zini o’ldirishga urinib ko’rgan. Nik onasiga cho’milmoqchiligini aytib vannaga olib borishini iltimos qilgan. Bu daqiqalar haqida U shunday eslaydi: “ Men suvga yuzimni o’girishga urindim, bu juda qiyin edi. Eplay olmadim. Lekin, o’lganimni aniq tasavvur qildim, ota-onam tepamda yeg’lashayotganini . . . Shunda tushindim, men ularga azob berolmayman, o’zimni o’ldirolmayman. Ota onamdan ko’rganim faqat muhabbat bo’ldiku, axir.”
U oddiy bolalar o’qiydigan maktabga boradi.
21 yoshida Griffit Universitetini tamomladi. 1999 yildan u cherkovlar, qamoqxonalar, maktablarda ma’ruzalar o’qirdi va “Life without limbs” notijorat tashkilotiga asos soldi. 19 yoshida Griffit Universitetida 7 daqiqalik nutq o’qishga taklif etishadi. Unda 300 tacha tinglovchi ishtirok etdi. Nik shunday eslaydi : “ Nutqimni boshlaganimga 3 daqiqa bo’lganida qizlarning yarmi yig’lar, yigitlar esa, o’zlarini bazor tiyib o’tirishardi. So’ng bir tinglovchi qiz yig’lab, qo’lini ko’tardi : “ Uzr bo’lib qo’ydim. Maylimi Sizni quchoqlasam”. Qiz kelib meni quchoqlab qulog’imga: “ Rahmat Sizga, oldin menga hech kim bunday demagan. Men betakrorligimni. Meni sevishini aytishmagan”-,deb pichirladi.”
Nik 2012 yil 12 fevralda Kanaye Miyahara ismli ayolga turmushga chiqadi. Ularning hozirda to'rt farzandlari bor va ular butunlay sog’lom.
Biz faqat o’zimizning kamchliklarimizni ko’rishga, o’zgalarning faqat kamchiliklarimizni gapirishlariga o’rganib qolganmiz. Biz Nikka o’xshab kuchli tomonlarimizga urg’u berishimiz, "kamchilik" deb atashayotgan jihatlarimizdan ustunlik sifatida foydalanishimiz va ular orqali muvaffaqiyatga erishishimiz mumkin.
KUCHLI TOMONLARIMIZga tayanishimiz Maqsadimiz tomon katta qadam bo’ladi.
Kanalimizga a'zo bo'lishni unutmang: https://t.me/joinchat/AAAAAEhQv_jPsQ3xpGMdqA