"Qo'lingda imkon-o'zingga ishon" mavzusidagi tadbir bo'lib o'tdi

"Qo'lingda imkon-o'zingga ishon" mavzusidagi tadbir bo'lib o'tdi


Jamiyat ko'magiga muhtoj, orzu-umidlari ko'p imkoniyati cheklangan o'quvchilarning iqtidorini namoyish etish uchun qo'llab-quvvatlash hamda ularga ruhiy madad berish maqsadida, 15-aprel kuni Buxoro davlat universiteti faollar zalida BuxDU yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti bilan Pedagogika fakulteti tashkilotchiligi ostida Buxoro shahar 24-sonli ko'rish bo'yicha imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashgan maktab internati hamkorligida "Qo'lingda imkon-o'zingga ishon" mavzusidagi tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirni Buxoro davlat universiteti rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor O.X.Xamidov ochib berdi.

Tadbir davomida maktab internati tarbiyalanuvchilarining 5 tashabbus doirasidagi chiqishlari hamda Pedagogika fakultetining "Yoshlik" teatr jamoasining konsert dasturi namoyish etildi.

Bolajonlarni yorqin kelajak sari dadil qadam tashlashga undab kelayotgan uztoz va murabbiylariga  esa universitet rahbariyatining tashakkurnomalari topshirildi. 

BuxDU Matbuot xizmati

Report Page