Qoʼshxotinlik oqibati

Qoʼshxotinlik oqibati



Koson tumanidagi 36-oʼrta maktabda Koson tumanida bundan ikki yil oldin sodir etilgan qotillik jinoyati yuzasidan muhokama yigʼilishi boʼlib oʼtdi. Unda viloyat IIB boshligʼi polkovnik Sh.H.Satvoldiev, tuman hokimligi, prokuraturasi, IIB va mahalla faollari hamda jinoyat sodir etgan shaxsning oila aʼzolari ishtirok etdi. 

Tadbirni viloyat IIB HPB boshligʼi podpolkovnik R.Temirov ochib, bundan ikki yil oldin Koson tumanida yashovchi T.Q. mast holatda tayoq bilan xotini X.G.ni urib, qoʼl va oyoqlarini sindirib, qasddan oʼldirganligini va jasadni quduqqa tashlab, tuproq bilan quduqni toʼldirib koʼmib yuborganligi aniqlanganini taʼkidladi. 

Muhokamada soʼz olganlar kunda yoki kunora bu oilada boʼlib turgan janjaldan mahalla faollari, qarindosh-urugʼlar xabardor boʼla turib vaqtida oldini olmagani tanqid ostiga olindi. Boz ustiga muqaddam ham qotillik jinoyatini sodir etgani uchun jazo muddatini oʼtab chiqqan bu shaxs qoʼsh xotin bilan yashagani, muttasil spirtli ichimlik isteʼmol qilib, uyda janjal koʼtarish holatlaridan qoʼni-qoʼshnilar, qarindosh-urugʼlar yaxshigina xabardor boʼlgan. Bir ayol yoʼqolib qoladi-yu, nahotki hech kim sezmasa?! 

Аlbatta, koʼpchilik bundan xabardor boʼlgani holda “ sen menga tegma, men senga” qabilida yashagan. Natijada loqaydlik mudhish qotillik roʼy berishiga zamin hozirlagan. 

Kelgusida bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida mahalla va boshqa mutasaddi idoralar vakillari qattiq ogohlantirilib, tegishli taʼsir choralari koʼrilishi aytib oʼtildi. 

Mazkur holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan Q.T.ga nisbatan Oʼz R JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzatildi.

Report Page