“Qizlarjon” oʻquvchi-qizlar sammiti

“Qizlarjon” oʻquvchi-qizlar sammiti

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi | Союз молодёжи Узбекистана | Uzbekistan Youth Union

Kuni kecha Samarqand shahrida “Ilm-fan – kelajak poydevori” shiori ostida “Qizlarjon” oʻquvchi-qizlar sammiti oʻz ishini boshladi. Mazkur sammit Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Samarqand viloyati hokimligi tomonidan tashkil etildi.

Sammit ishida mamlakatimizning barcha hududlaridan 14-18 yoshdagi jami 140 nafar qizlar ishtirok etmoqda.

Tadbirda “Qizlarjon” klubi koordinatorlari, xalqaro va respublika fan olimpiadalari gʻoliblari, hunarmandlik, AKT sohasi bilan shugʻullanayotgan oʻquvchi-qizlar, innovatsion gʻoyalar mualliflari, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, yoshlar ittifoqi sardorlari hamda profilaktik hisobdagi tarbiyasi yaxshilanayotgan qizlar ishtirok etmoqda.

O’quv davomida qatnashchilar jamoani shakllantirish va jamoa boʻlib ishlash koʻnikmalarini hosil qildi. Shuningdek, qizlarning oʻziga boʻlgan ishonchini oshirish boʻyicha psixologik treninglar oʻtkazildi.

Bundan tashqari amerikalik murabbiy Laura Vulf oʻquvchilar uchun “Hayotda oʻz oʻrniga ega boʻlish va muammolarni yengish” mavzusida mahorat darsini oʻtib berdi. 

Kun yakunida Samarqand viloyati musiqali drama teatrida sanʼat va madaniyat vakillari tomonidan “Madaniyat va sanʼat sohasida xotin-qizlarning oʻrni va roli” mavzusida davra suhbati tashkil etilib, unda qizlar uchun mahorat darsi boʻlib oʻtdi. Muloqotdan soʻng qatnashchilarga “Ona yuragi” spektakli namoyish etildi.

Ishtirokchilar sammit doirasida guruhlarga boʻlingan holda mahalliy va xorijiy ekspertlar tomonidan tashkil etilgan psixologik treninglar, mahorat darslari, hunarmand oʻquvchi-qizlar mahsulotlari savdo-yarmarkasida qatnashadi.

“Qizlarjon” oʻquvchi-qizlar sammiti 26-martga qadar davom etadi…


O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqining Telegramdagi rasmiy sahifasi

© O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

Report Page