Qizlar – millat tayanchi!

Qizlar – millat tayanchi!


Yurtimizda qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligini yaxshilash, ta’lim olishga shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy muammolarini hal etishga ko‘maklashishga e’tibor keyingi yillarda yanada yuksak pog‘onaga ko‘tarildi.

Bu borada millat davomchilari bo‘lmish qizlarni ma’rifatli qilib voyaga yetkazish masalasiga alohida e’tibor qaratilayotgani, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi "Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonlarida qizlarni har tomonlama yetuk, yuksak axloqli, bilimli va milliy qadriyatlarga hamda ona Vatanga sodiq farzandlar etib tarbiyalash vazifasi belgilab berilgan.

Joriy yilning 11-oktyabr kuni tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Buxoro tuman bo'linmasi hamkorligida tuman Prezident Agentligi tasarrufidagi ixtisoslashtirilgan maktabida 11-oktyabr “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan “Qizlar – millat tayanchi!” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o`tkazildi.

Ixtisoslashtirilgan maktabning 336 o`quvchisidan 125 nafarini o`quvchi-qizlar tashkil etadi. Ular fanlarni mukammal o`zlashtirishlari bilan birga sinfdan tashqari to`garaklarga ishtirok etib o`z salohiyatlarni oshirib kelishmoqda. Tadbir davomida “Qizlarjon klubi” a’zolari tomonidan ijro etilgan she’r qo`shiqlar kechaga o`zgacha fayz bag`ishladi.

O`quvchi-qizlarni oilasiga, Vataniga bo‘lgan mehri ortishi, yurt ravnaqi yo‘lida mehnat qilishi, o‘qish va izlanishga, xotin-qizlarimiz uchun berilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishga chorlash millat ravnaqi poydevorini mustahkamlaydi. Shuning uchun ham, yurtimizda qizlarimiz, ayollarimiz doimo e’zozda!


Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Buxoro tuman bo'linmasi

Report Page