Qiziqarli kutubxona...

Qiziqarli kutubxona...

   

  2023 yil 13-iyun   kuni  Romitan tumani  Xotira va istirohat bog’ida tashkil etilgan  axborot-kutubxona  markazi o’quv zalida 5-umumta’lim maktabda tashkil etilgan “Tabassum ” oromgoh dam olivchilari bilan  sayohat  uyushtirildi.

      Bolalarning bo’sh vaqtini maroqli  o’tkazish va kitobga  bo’lgan  qiziqishini oshirish  maqsadida “Kitob  o’qish   kuni” tashkil etildi, 30 nafar dam oluvchilar  kutubxonaga tashrif buyirdi.

Kitob bizga insoniy fazilatlarni har tomonlama anglab yetishimiz uchun yaqindan ko’makchi bo’lib xizmat qiladi. Zero, kitobsiz  o’tgan har kunimiz zulmatga tengdir. Biz mana shu zulmatni beninnat do’stlarimiz ya’ni kitoblar orqali yorita olamiz. Kitoblar xazinasi hayotning o’ziga xos ko’zgusi demakdir. Darhaqiqat, kitoblar yo’limizni yoritguvchi shamchiroq misoli.

 

       Yoshlarni kitob o’qishga keng jalb etish, targ’ibot ishlarini yanada kuchaytirish, kitob mutolaasiga qiziqtirish maqsadida “Donishmand vazir”, “Uchar gilam”,”Kichkina Yanko”, Abdulhay Nosirning”Yaxshilar bog’I” ,”Tulkichaning  sarguzashtlari”, “Sir ochildi”,”Shoshqaloq”, “Qaylardasan, bolaligim”, kabi asarlar haqida ma’lumotlar berildi va ushbu kitoblarni o’qish tavsiya qilindi.     100 dan ortiq ertak kitoblar bilan tanishtirildi         

Romitan tuman Axborot-kutubxona markazi

 

 

  


           

 



Report Page