Qiziqarli kimyo
@aktabda_kimyo«Buyuk Kimyogar!!!»

«Buyuk Kimyogar!!!»
1837 yil kunlarining birida, Rossiya Imperiyasining yirik shaharlaridan biri Qozondagi xususiy pansionatlardan birining yerto‘lasida kuchli portlash yuz berdi. Hammani qo‘rquvga slogan portlash manzarasidan so‘ng, arang o‘ziga kelgan shahar tartib nozirlari, tekshiruvlarda aniqlashicha, bino yerto‘lasida, Aleksandr Butlerov ismli, mahalliy maktab o‘quvchisi yashirincha ravishda, qandaydir kimyoviy tajriba o‘tkazgan ekan.
U o‘qigan maktab pedagog kengashi, «bezori»ni barchaga kulgi qilib, sazoyi qilish bilan jazolashga qaror qildi. Sasha Butlerovni, bo‘yniga kata harflar bilan, «Buyuk Kimyogar!!!» yozuvi osilgan taxtachani ilib, maktabning eng gavjum joyida– oshxonada soatlab tikturishga majbur qilindi. Barcha kirgan-chiqqan o‘quvchi va o‘qituvchilar uni ustidan kulib o‘tishar edi. Bunday tahqirlovchi yozuv bilan balki maktab ma’muriyati, haqiqatan ham bo‘lajak buyuk kimyogarga salbiy munosabat bildirishayotganligini xayoliga ham keltirmagan bo‘lsa kerak. Yosh iste’dod egasining ham bu narsani qanday qabulqilgani noma’lum. Balki u iztirob chekkandir, balki, shu holatda ham ilmiy mulohazalar bilan band bo‘lgandir. Nima bo‘lganda ham, aslida ermak uchun yozilgan yozuv oqibatda haq bo‘lib chiqdi. Aleksandr Butlerov o‘z asrining eng buyuk kimyogarlaridan biri bo‘lib yetishdi.
@maktabda_kimyo