“Qizil” toifaga kiritilgan maktab o’quvchilari harbiy qism mehmoni

“Qizil” toifaga kiritilgan maktab o’quvchilari harbiy qism mehmoni

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Markaziy harbiy okrugi hududidagi “Qizil” toifaga kiritilgan umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida o‘quvchilarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Samarqand garnizonidagi harbiy qismga Pastdarg'om tumani 76-sonli maktab o’quvchilari “Vatan ozodligi – baxt garovi” shiori ostida tashrif buyurishdi. 

Tashrif davomida yoshlar harbiylar uchun yaratilgan sharoitlar, harbiy texnikalar va ularning jangovar kuchi va imkoniyatlari bilan tanishib, harbiy qismda tashkil etilgan Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi kabi buyuk ajdodlarimiz tarixiga oid tematik sinfxonalarda ularning jang san’ati, harbiy yurishlari haqida ma’lumotlarga ega bo’ldilar. Ushbu kun tashrif buyurgan har bir yoshning qalbida Vatanga muxabbat, yurtga sadoqat tuyg’ularini uyg’otibgina qolmay, o’chmas xotira bo’lib muxrlanib qoldi. 


Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati


Report Page