Qishloq xoʻjaligi vazirligi va FAO: hamkorlikning istiqbolli odimlari

Qishloq xoʻjaligi vazirligi va FAO: hamkorlikning istiqbolli odimlari


Qishloq xoʻjaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonovning BMT Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Suy Dunyuy bilan videokonferensaloqa orqali muloqoti boʻlib oʻtdi.

Unda amaldagi hamkorlik va 2024 yilga moʻljallangan rejalar muhokama qilindi.

Ayni kunga qadar Oʻzbekistonda FAO ishtirokida 18 ta milliy va 15 ta hududiy loyihalar amalga oshirilmoqda va ular qishloq xoʻjaligi sohasini rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Qishloq xoʻjaligida kreditlash, lizing, sugʻurta, subsidiyalash kabi yangi moliyaviy vositalarni ilgari surish birgalikdagi ishlarning dolzarb mavzusiga aylandi. Tomonlar, shuningdek, global iqlim tashabbuslaridan grant resurslarini jalb qilish boʻyicha hamkorlikdagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar. Xususan, Moslashuv fondi, Yashil iqlim fondi va Global ekologik fond ishtirokida yangi texnik va grant yordami loyihalarini ishga tushirish istiqbolli yoʻnalish sifatida belgilandi.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston xalqaro maydonda qator konstruktiv tashabbuslarni ilgari surmoqda. Bu oʻz navbatida hamkorlik aloqalari va investitsion muhit oʻzgarishiga omil yaratmoqda. Shugina emas. Yurtimiz turli formatlarda oʻtkaziladigan xalqaro masalalarni muhokama maydonini yaratayotgan davlat sifatida ham maʼlum. Xorijlik hamkorlar Oʻzbekiston siyosiy platformasida tashkil etilayotgan tadbirlar nufuzi va unda qabul qilinayotgan qoʻshma qarorlarning amaliyotga joriy etib borilayotganidan mamnun. Shundan kelib chiqib, FAO kelasi yil hamkorlikda mintaqaviy va hamkorlik forumlarini tashkil etish masalasidagi hayrihohlik masalalarini oʻrtaga tashladi.

Vazir I.Abdurahmonov oʻz navbatida bugungi kunda Oʻzbekistonda maʼmuriy islohot, shuningdek, qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish ishlari olib borilayotganini, bu borada mamlakatimiz tomoni Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida oziq-ovqat tizimi va boshqaruv usullarini oʻzgartirish boʻyicha Turkiya, Yaponiya kabi muvaffaqiyatli xorijiy tajribadan manfaatdor ekanini taʼkidladi.

Aytish kerakki, bugungi kunga qadar, FAO bilan hamkorlikdagi boshlangan loyihalar paketi, 69 ta milliy va mintaqaviy loyihalar doirasida 72 million AQSH dollarni tashkil etadi.

Jumladan, erni barqaror boshqarish, choʻllashish va tuproq degradatsiyasiga qarshi kurashish, oziq-ovqat xavfsizligi, qoʻshilgan qiymat zanjirini rivojlantirish, soha ishtirokchilari salohiyatini oshirish, standartlashtirish va gender tengligi kabi yoʻnalishlarda loyihalar amalga oshirilmoqda.

Maʼlumot uchun Oʻzbekiston FAOga 2001 yil 2 oktyabrda aʼzo boʻlgan boʻlib, 2014 yildan buyon mamlakatimizda oʻz vakolatxonasi faoliyat olib bormoqda.

Report Page