Qishki ta’tilda onlayn fan olimpiadasi

Qishki ta’tilda onlayn fan olimpiadasi


O‘zbekiston Respublikasi oliy va professional ta’lim muassasalari, akademik litseylar talaba-o‘quvchilarining qishki ta’til muddati 2023yil 18 yanvarga qadar uzaytirilganligi munosabati bilan, joriy yilning 11-15-yanvar kunlari Ichki ishlar vazirligi akademik litseylarida 2022-2023 o‘quv yilining ikkinchi yarmini to‘liq va puxta tayyorgarlik ko‘rgan holda boshlash, litsey o‘quvchilarining vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, rahbar va pedagog xodimlarning kasbiy mahoratlarini oshirish, o‘quv jarayonida yangicha tartibda ishlashga o‘rgatish xamda zamonaviy ta’lim berishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi IIV Qashqadaryo akademik litseyida bir qator ishlar tashkil etildi.

Jumladan, ona tili va adabiyot, xorijiy til (nemis va ingliz tili), rus tili va adabiyoti, tarix, davlat va huquq asoslari, matematika, informatika va axborot texnologiyalari, fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, huquqshunoslik fanlari bo‘yicha akademik litsey o‘quvchilari o‘rtasida ichki onlayn (telegram tarmog‘i orqali) fan olimpiadalari o‘tkazish bo‘yicha reja ishlab chiqilib, rejaga asosan ichki onlayn fan olimpiadalari o‘tkazildi.

 Mazkur fan olimpiadasida munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar akademik litsey ma’muriyati tomonidan maqtov yorliqlari bilan taqdirlandi.

Bundan tashqari, akademik litseyning 12 nafar o‘quvchilari qishki ta’til davrida ular uchun yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, chet tilini (ingliz va nemis) bilish darajasini aniqlash bo‘yicha maxsus sertifikatlarga ega bo‘lishdi.

Report Page