Qishda Onsen
UJC
Yaponiyaliklarning tabiatga muhabbati hammaga ma'lum. Har qanday mavsumda yaponlar ilhom manbai topadilar. Shunday qilib, qish faslida “Onsen” (温泉) - termal buloqlariga (issiq buloqlar) borish uchun ajoyib vaqtdir. Aynan qishda, bu joylar tabiat bilan to'liq yaqinlik tuyg'usini berishi mumkin.

Onsenni biz bilgan spa salonlaridan nimasi bilan farq qiladi? Onsen faqat tabiiy kelib chiqishi bilan, bunda issiq buloq suvi manbai bo'lgan tabiiy suv havzalari yoki an'anaviy yapon uslubidagi ofuro vannalari issiq mineral suv bilan to'ldirilganligi bilan farqlanadi. Dam olishning ushbu relaks turi odatda yirik shaharlardan uzoqroq, ya’ni tog', dengiz va o'rmonli joylarda ko’p uchraydi. Buloqlarning tarkibi juda xilma-xildir. Masalan, Akita prefekturasida alohida ajralib turuvchi Tamagava bulog’i mavjud bo’lib, uning tarkibida tuz kislotasi mavjud. Bu buloq saratondan davolanishda shifo bo’ladi.

"Issiq buloqlar" –dam olish va tabiat bilan uyg’unlikka qaratilgan to’liq bir majmuani anglatadi. Ko'pgincha, buloq yonida yapon an'anaviy mehmonxonasi - “Ryokan” joylashgan bo’ladi. Yaponiyadagi har bir buloq ro'yxatdan o'tgan va sertifikatga ega.

Yurak kasalligi bilan og'rigan, shuningdek yuqori arterial qon bosimiga moyil bo'lganlarga issiq buloq tavsiya etilmaydi.

Manbalardan foydalanishning ma'lum bir odobi mavjud. Masalan, Onsenga tushishdan avval, albatta, dush qabul qilinadi, boshqa foydalanuvchilarni bezovta qilmaslik uchun baland ovozda gapirish, shovqin qilish mumkin emas. Axir, buloqdagi har bir mehmonning asosiy maqsadi - dam olish va tabiat bilan to'liq uyg’unlik.
