Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish

Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish va sotish

Jett investitsiya servisi

Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish Jettning “Bozor” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Servisda quyidagi turdagi qimmatli qog‘ozlar sotib olish uchun taqdim etilgan:

- oddiy aksiyalar;

- imtiyozli aksiyalar (maxsus belgi bilan keltirilgan);

- obligatsiyalar;

- UzAuto Motorsning IPOga chiqarilgan aksiyalari (bu aksiyalar IPO tugagandan so‘ng bozor bo‘limida paydo bo‘ladi).

Bozor bo‘limida qimmatli qog‘ozlarni izlash hamda tahlil qilishda yengillik yaratish uchun filtrlash va saralash imkoniyatlari mavjud.

Siz kompaniyalarni quyidagicha filtrlash va saralashingiz mumkin:
- moliya, sug‘urta, energetika, sanoat, qurilish, agrosanoat, lizing, IT, transport kabi toifalar bo‘yicha;
- birja va birjadan tashqari bozorlar kesimida;
- aksiyalarning turlari (oddiy yoki imtiyozli) bo‘yicha.

Ro‘yxatni kunlik savdolar hajmi, aksiyalarning narxi yoki sutkalik o‘sishiga qarab saralash, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarni tiker yoki emitentning nomiga qarab izlash mumkin.

Qimmatli qog‘ozlarni sotib olish uchun bir nechta qadamlardan o‘tish lozim.

1-qadam. Bozor tahlili.

- "Investitsiyalar" bo‘limidagi "Bozor" sahifasiga o'ting va shu yerda siz o‘z qimmatli qog‘ozlarnni sotadigan barcha kompaniyalar ro‘yxatini ko‘rasiz.

- Ro‘yxatdagi kompaniyani tanlab, siz uning qimmatli qog‘ozlari haqida batafsil ma'lumotni, narx dinamikasi bo‘yicha diagrammani, qimmatli qog‘ozlarning maksimal va minimal narxlarini va hokazolarni ko‘rishingiz mumkin.

- Ushbu sahifadagi maxsus tugmani bosib TradingView grafiklari orqali narxning egiluvchan shkalasi, narx grafiklarining turli shakllari va 100 dan ortiq kiritilgan texnik indikatorlarni mobil qurilmangiz orqali qulay boshqarish va tahlil qilish imkoniyatiga egasiz.

2-qadam. Sotib olish.

"Bozor" bo‘limida kerakli kompaniyani tanlang va "Xarid bo‘yicha buyurtma" tugmasini bosing. Shunda siz aksiyalarni bozor narxida bir zumda sotib olishingiz (market-order) yoki o‘zingizning narxingiz bilan kutilayotgan buyurtma (limit-order) yaratishingiz mumkin.

2.1. Qimmatli qog‘ozlarni bozor narxida darhol sotib olish uchun:

- Buyurtma yaratish sahifasida “Bozor buyurtmasi” bandini tanlang, qimmatli qog‘ozlar sonini kiriting;

- Tizim avtomatik ravishda o‘rtacha xarid narxini hisoblab chiqadi va tranzaksiya summasini ko‘rsatadi. Tekshirgandan so‘ng, "Xarid qilish" tugmasini bosing;

- Keyingi sahifada arizangiz haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi, unda xarid qilingan aksiyalar soni, o‘rtacha xarid narxi *, tranzaksiya summasi, komissiya va arizaning umumiy summasi aks etadi.

* Qimmatli qogoz narxi sotish takliflariga qarab u yoki bu yonalishda ozgarishi mumkin.

2.2. Aksiyalarni o‘zingiz belgilagan narxda (Mijoz narxida) limitli buyurtmanoma bo'yicha sotib olish uchun:

- Buyurtma yaratish sahifasida “Mitoz narxida”ni tanlang, qimmatli qog‘ozlar sonini va xarid narxini kiriting. Qolgan jarayonlar 2.1-band bilan bir xil.

Ariza tasdiqlangandan so‘ng, batafsil ma'lumot bilan qabul qilinganligi to‘g‘risida xabarnoma beriladi. Bitimning holatini "Bitimlar" bo‘limiga o‘tib tekshirishingiz mumkin. Bitimlar bo‘yicha arizalar Respublika fond birjasining ish vaqtida ko‘rib chiqiladi.

O‘zingiz belgilagan narxdagi limitli buyurtmanoma birja kuni yakunlanishiga qadar bajarilmay qolib ketsa, buyurtmanoma birja tomonidan avtomatik ravishda bekor qilinadi. Agar keyingi kunda buyurtmanomani xuddi o‘sha narx bilan joylashtirmoqchi bo‘lsangiz, "Bitimlar" bo‘limidan bekor qilingan bitimni tanlab, "Takrorlash" tugmasini bosish yetarli.

O‘zingiz belgilagan narxdagi limitli buyurtmanoma birja kunining oxirigacha bajarilmay qolsa, uni qaytadan yaratish shart emas. Buyurtmanomani yaratish paytida avtomatik uzaytirishni belgilab qo‘yish yetarli.

Ushbu "Buyurtmani automatik uzaytirish" tugmasi faollashtirilsa, bitim bajarilmay qolgan taqdirda, kelgusi birja kunida sizning buyurtmanomangiz avtomatik ravishda joriy parametrlar bilan qayta qo‘yiladi.

Buyurtmanomangiz bitim bajarilguncha yoki siz tomondan bekor qilinguncha har kuni faol bo‘ladi.

Agar ushbu buyurtmanomani mustaqil ravishda bekor qilmoqchi bo‘lsangiz, uni "Bitimlar" bo‘limida tanlab, bekor qilishingiz mumkin.

Sotib olayotganda, siz sotib olmoqchi bolgan qimmatli qog‘ozlarni sotish boyicha birjada takliflar bolmagan holatlar bolishi mumkin. Bu haqda qimmatli qogozlarni sotib olish bosqichida sizga maxsus xabar orqali xabar beriladi.


Qimmatli qog‘ozlarni sotish

Jett bilan qimmatli qogozlarni bir necha marta bosish orqali amalga oshirish mumkin.

Agar siz ilgari qimmatli qogozlarni sotib olgan bolsangiz, ular sizning portfelingizda paydo boladi.

Qimmatli qog‘ozlarni sotish uchun siz quyidagi amallarni bajarishingiz kerak:

1. "Portfel" bo‘limidagi va "Aktivlar" sahifasiga o‘ting. Bu yerda siz joriy aktivlaringizni taqsimotini grafikini va qimmatli qog‘ozlaringiz ro‘yxatini ko‘rasiz.

2. Ro‘yxatdan kerakli kompaniyani tanlang va siz o‘z qimmatli qog‘ozlaringizning joriy miqdorini, ular qiymatining o‘sish yoki pasayish dinamikasini ko‘rasiz;

3. "Sotish" tugmasini bosing va sotmoqchi bo‘lgan aksiyalar sonini kiriting.

4. "Davom etish" tugmasini bosing va savdo to‘g‘risida batafsil ma'lumot paydo bo‘ladi, unda siz tranzaksiyaning umumiy miqdori, komissiya foizi va savdodan oladigan mablag‘ning umumiy miqdorni ko‘rasiz.

Shu ammallardan so’ng siz "Bitimlar" sahifasiga o‘tib, sotish bo’yicha buyurtmanomangiz holatini ko‘rishingiz mumkin.

Report Page