Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi
MoliyaPressMoliya vazirligining quyidagi buyruqlariga o‘zgartirish kiritildi va Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi:
I. “Qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassislarining malakasini oshirish, ularni qayta tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi buyrug‘iga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi buyruq (Adliya vazirligi tomonidan 2022-yil 29-avgustda 1745-6-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi).
Mazkur buyruqqa quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:
ta’lim faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasini xabardor qilish uchun xabarnomalar yuborish va xabarnoma qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnomalar olish va investitsiya maslahatchisi sifatidagi faoliyatni boshlaganlik yoki tugatganlik haqida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organini xabardor qilish uchun xabarnomalar yuborish va xabarnoma qabul qilinganligi to‘g‘risida tasdiqnomalar olish;
mazkur nizom 9-bandining “g” kichik bandidagi “pasport ma’lumotlari” degan so‘zlar “pasport ma’lumotlari yoki identifikatsiya ID-karta ma’lumotlari” degan so‘zlar bilan almashtirildi;
II. “Qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarilishlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyrug‘iga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi bo‘yruq (Adliya vazirligi tomonidan 2022 yil 29 avgustda 2000-9-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi).
Mazkur buyruqqa quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:
ushbu Qoidalarining 8-bandida joylashtirilgan imtiyozli aksiyalarning nominal qiymati jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) yigirma besh foizidan oshmasligi belgilandi;
shuningdek, seriyali obligatsiyalar chiqarilish bo‘yicha tegishli qo‘shimchalar kiritildi.
Mazkur o‘zgartirish va qo‘shimchalar yuzasida to‘liq ma’lumotlarni normativ-huquqiy hujjatlar bo‘yicha rasmiy veb-saytlar orqali tanishishingiz mumkun.
Moliya vazirligi
Axborot Xizmati