Qilichbozlik: poytaxtimizda oʻtkazilgan xalqaro turnirda vakillarimiz 4ta medalga ega chiqishdi

Qilichbozlik: poytaxtimizda oʻtkazilgan xalqaro turnirda vakillarimiz 4ta medalga ega chiqishdi


Xabar berganimizdek, 25-26-sentyabr kunlari Toshkentda qilichbozlik boʻyicha “Satellite” xalqaro turniri oʻtkazildi. Musobaqaning ikkinchi kunida ishtirokchilar rapira qurolida oʻzaro musobaqalashdi. Unda ayollar oʻrtasidagi bahslarning gʻolib va sovrindorlari nomi maʼlum boʻldi.

Quvonarlisi, kechagi bahslarda ham terma jamoamiz aʼzolari ikkita medalga sazovor boʻlishdi. Hamyurtlarimizdan Umida Ilyasova hamda Madinabonu Parpiyeva shohsupaning uchinchi pogʻonasidan joy olishdi. Qiziqarli kechgan bahslarda gʻoliblik italiyalik Marta Kammilettiga nasib etgan boʻlsa, kumush medalga Filippin vakilasi Izabel Esteban sazovor boʻldi.

Ushbu musobaqa Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi taqvimidan oʻrin olgan. Unda yuqori natija qayd etgan sportchilar qimmatli reyting ochkolariga ega boʻlishdi.


Report Page