Qibray tumanidagi 42-MTT tarbiyalanuvchilari Toshkent hayvonot bog‘iga sayohat qildilar.

Qibray tumanidagi 42-MTT tarbiyalanuvchilari Toshkent hayvonot bog‘iga sayohat qildilar.

Toshkent viloyati maktabgacha ta'lim tizimi axborot kanali

Qibray tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 42-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi-pedagoglari, katta guruh tarbiyalanuvchilar va ularning ota-onalari hamkorligida 1924-yilda tashkil etilgan va hozirga kelib 14 mingga yaqin jonzotlarni o‘z bag‘riga sig‘dirib kelayotgan Toshkent hayvonot bog‘iga sayohat qilib, bog‘ xodimlari faoliyati va ularning nazoratidagi hayvonot olami bilan yaqindan tanishdilar.

Hayvonot bog‘ida bugungi kunda 336 turdagi hayvonlar va 6 ming turdagi baliqlar bilan birgalikda 8 mingga yaqin jonivorlar yashashadi. Toshkent hayvonot bog‘ining xodimi tarbiyalanuvchilarga bog‘ning, jonivorlarning kelib chiqishi tarixi va bugungi kuni haqida so‘zlab berdi.

"Bugungi kunda bu yerda ilmiy-tadqiqot ishlari ham olib boriladi. Eng asosiysi brakonerlar qo‘lidan tortib olingan jonivorlarning aksariyati shu yerda, mehrli insonlar qaramog‘ida boqilmoqda. Bu yerda yashayotgan har bir jonivorning o‘z qismati, o‘z taqdiri bor. Eng qizig‘i hayvonot bog‘i xodimlari ularni erkalab chaqirishganida xattoki hayvonlar erkalanib, ovoz chiqarib qo‘ydi" – deydi hayvonot bog‘i xodimi.

Shuningdek, sayohat davomida tarbiyalanuvchilarga ona yer, hayvonot olami, zilol suv, musaffo havo, go‘zal tabiatni asrashga, ulardan oqilon foydalanish borasida tushunchalar berildi.

Toshkent viloyati maktabgacha ta'lim tizimi axborot kanali.

Report Page