Qaynoq qalblar,porloq koʻzlar dunyo sizniki

Qaynoq qalblar,porloq koʻzlar dunyo sizniki

🔥ᴍᴇʜʀɪɴɪ𝘀ᴏ ᴢɪʏᴏʏᴇᴠᴀ🔥

28 may 2022. Muallif: ᴍᴇʜʀɪɴɪ𝘀ᴏ ᴢɪʏᴏʏᴇᴠᴀ

1-iyun "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan Pedagogika fakulteti Psixologiya yoʻnalishing 1-kurs talabasi Ziyoyeva Mehriniso tashabbusi bilan "Bolalarga bering dunyoni" nomi ostida xayriya oʻtkazildi. Saxovatpesha insonlar saxovati bilan Pedagogika fakulteti yoshlari birgalikda Buxoro viloyati Bolalar Muruvat uyida tadbir tashkillashtirishdi .

Tadbir jarayonida bolalarni koʻnglini koʻtarish maqsadida tashkil qilingan Mult Qahramonlar chiqishi ularga oʻzgacha quvonch bagʻishladi.


Tadbir jarayonida 1-kurs Psixologya yoʻnalishi talabalari tomidan bolalar bilan oʻtkazilgan Art terapiya ulardagi kayfiyatni koʻtaribgina qolmay ruhiyatiga ham ijobiy taʼsir qildi.


Qoʻl va oyoqlari harakatlanishi cheklanganiga qaramay tengdoshlari bilan bir qatorda rasm chizish uchun harakat qilayotgan Normurod barchani qalbida chuqur iz qoldirdi


Tadbirda oʻtkazilgan "Biz Baxtlimiz " treningida bolalarga hayotingizdagi Baxt timsolini chizish uchun oq qogʻozlar tarqatildi.Ular baxtni oʻz kaftlari bilan ifodalashdi ,ya'ni oʻzlarining shu hayotda mavjudliklari, nafas olayotganliklarini baxt ekanini tasvirlashgani barchaga oʻzgacha ta'sir qildi ,shu bilan bir qatorda quvontirdi.




Raqs , turli oʻyinlarning boʻlishi bolalarga koʻtarinki kayfiyat berdi .Shu ruhda tadbir oʻz yakuniga yetdi.

Oʻtkazilgan "Qaynoq qalblar,porloq koʻzlar dunyo sizniki" nomli Xayriyani tashkillashtirishda yoshlar tashabbusini qoʻllaganligi va "Bolalarga bering dunyoni"nomli tadbir tashkillashtirganliklari uchun Buxoro Bolalar Murruvat uyi rahbariyati Buxoro davlat universiteti Pedagogika fakultetiga chuqur minnatdorlik bildirdi!!!


Report Page