Qashqadaryolik o'qituvchini dars ishlanmalari xorijdagi maktablarda joriy qilinmoqda

Qashqadaryolik o'qituvchini dars ishlanmalari xorijdagi maktablarda joriy qilinmoqda


O‘qituvchilik azaldan e’tiborli kasb hamda ulug‘ martaba sanalgan.Ya'ni har qaysi shaxs o‘qituvchidan ta’lim-tarbiya oladi. Jamiyatda o‘z o‘rnimizni topishimiz, Vatan taraqqiyoti uchun xizmat qilishimizda ustozlarning hissasi kattadir. Shuningdek, mamlakatimizda o‘qituvchilar, ta'limga qaratilayotgan e’tibor o'zini ijobiy natijasini bermoqda desam mubolag'a bo'lmaydi. Asosan darslarimni qiziqarliroq o'tish imkonini beruvchi turli usullardan foydalanaman. Masalan: didaktik, tarqatma materiallar, integratsiyalashgan ochiq darslar, qiziqarli mavzular bo‘yicha ishchi varaqalar, o‘yin tarzida tematik darslar. Sifatli dars o'tish uchun esa o'quvchilarni muntazam qiziqtirib borish kerak. Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarim orqali boshlang'ich maktablar uchun ko'plab didaktik, tematik ishlanmalar va materiallarga mualliflik qilaman.

Dars ishlanmalari materiallaridan esa O‘zbekiston va xorijdagi ko‘plab o‘qituvchilar foydalanib keladi. Birinchi uslubiy ishlanmalarim Rossiyaning "Infourok" rasmiy ta'lim veb-saytida nashr etildi va bir nechta vebinarlarda ishtirok etdim.

Bundan tashqari Rossiyaning "Знанио" ta'lim portalida 30 dan ortiq turli xil uslubiy ishlanmalarim nashr etildi. Shunga asosan sertifikat va diplomlar bilan taqdirlandim hamda ijtimoiy tarmoqdagi sahifam orqali qo'shimcha daromadga egaman. Bu mening asosiy ishimdan keyingi jarayon hisoblanadi. O'quv yili davomida o'rtacha 20 millionga yaqin daromad topmoqdaman. O‘qituvchi bo‘lish menga o‘z bilimlarimni baham ko‘rish, o‘quvchilarning rivojlanishi va hayotda to‘g‘ri yo‘llarini topishiga yordam berishga zamin yaratmoqda,— deydi Kuznetsova Tatyana Konstantinovna Qarshi shahar 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 1-toifali, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi.

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati


@Qashqadaryo_vxtb

Report Page