Qashqadaryoda bir kunda 3 ta yangi mehmonxona ishga tushdi.

Qashqadaryoda bir kunda 3 ta yangi mehmonxona ishga tushdi.

Muyassar

Ayni kunlarda yurtimizda bayram shukuhi hukmron. Respublikamizning turli hududlarida bunyodkorlik ishlari olib borilib, yangi inshootlar foydalanishga topshirildi. Qashqadaryo viloyatida ham bu borada keng koʻlamli ishlar amalga oshirilib, oʻnlab yangi binolar ishga tushdi.

Jumladan, viloyatda turizm sohasini yanada rivojlantirish uchun, Mustaqilligimizning 30 yillik bayramiga toʻyona sifatida yangi mehmonxonalar ishga tushdi.

Xususan, Shahrisabz shahridagi 22 oʻringa moʻljallangan "Asia Palace" mehmonxonasi, Shahrisabz tumanidagi Miroqi qoʻrgʻonchasida joylashgan 30 oʻrinli "Miraki city" mehmonxonasi hamda Qarshi shahridagi mahalliy tadbirkorlar va xorijiy investorlar tomonidan qurilgan 90 oʻrinli "Hotel Grand Sarbon" mehmonxonalarining ochilish marosimlari boʻlib oʻtdi.

Mehmonxonalarda xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun umumiy ovqatlanish majmualari va boshqa qulayliklar ham tashkil etilgan.

Bu kabi bunyodkorlik ishlari viloyatimiz turizm salohiyatini yanada yuksalishiga xizmat qiladi.

Report Page