Qashqadaryoda qishloq xo'jalik yerlari "INOLLA" dasturida ro'yxatdan o'tkazilmoqda.
t.me/Qashkadastrpress _________________Jahon banki ishtirokidagi “Ko‘chmas mulk va kadastr tizimini ro‘yxatga olish tizimini modernizasiya qilish” loyihasi doirasida ishlab chiqilgan elektron online axborot tizimi orqali qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi yerdan foydalanuvchilarning yer maydonlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish "INOLLA" dasturida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.
Ayni paytda Qashqadaryo viloyatida ham yerdan foydalanuvchilarning yer maydonlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish "INOLLA" dasturida amalga oshirilmoqda.
Ma'lumot uchun, Qashqadaryoda 14455 ta qishloq xo'jalik yerlaridan foydalanuvchilar bo'lib, shundan 13774 tasi fermer xo'jaliklari hisoblanadi. Hozirgi kunda fermer xo'jaliklarining 12754 tasi ARGIS dasturiga kiritilgan.
"Qashqadaryoda fermer xo'jaliklarining foydalanishida bo'lgan yerlarni "INOLLA" dasturida ro'yxatdan o'tkazish ishlari boshlab yuborildi. Ayni paytda mazkur dastur orqali 18 ta fermer xo'jaliklari davlat ro'yxatidan o'tkazildi. Hozirgi paytda fermer xo'jaliklarining foydalanishida bo'lgan yerlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish maqsadida tushuntirish, targ'ibot va tashviqot tadbirlari o'tkazib kelinmoqda" deydi Jamshid Eshonqulov Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Axborot tahlil bo'limi boshlig'i.