Qashqadaryo vohasida bo'lib o'tayotgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar davomida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining holidan ham xabar olinmoqda

Qashqadaryo vohasida bo'lib o'tayotgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar davomida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining holidan ham xabar olinmoqda


Foto: "Ma'rifat" targ‘ibotchilari jamiyati Axborot xizmati

Mehr – oqibat, qadr va ehtirom yurtimizda har doim ulug‘lab kelingan. Nuroniy bobolarimiz, momolarimiz bizlarga hayot maktabining bebaho ustozlaridir. Ulardan Vatanni sevishni, bir qarich tuprog‘ini aziz va muqaddas bilib, ardoqlab yashashni о‘rganamiz.

Foto: "Ma'rifat" targ‘ibotchilari jamiyati Axborot xizmati

Qashqadaryo vohasida bo'lib o'tayotgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar davomida yuqorida aytganimizdek nuroniylar, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining holidan ham xabar olinmoqda. 

Foto: "Ma'rifat" targ‘ibotchilari jamiyati Axborot xizmati
Foto: "Ma'rifat" targ‘ibotchilari jamiyati Axborot xizmati

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari, senator Minhojiddin Hojimatov, Chiroqchi tumani hokimi Nodir Erkaboyev hamda "Nuroniy" jamg‘armasi Chiroqchi tuman bo‘limi raisi Hasanboy Rahmonov va "Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati a'zolari, san'atkorlar bilan birgalikda tumanda istiqomat qilayotgan 1926-yilda tavallud topgan Jo'ra bobo Yodgorov xonadonida bo'ldi. Jo‘ra boboga O‘zbekiston Republikasi Prezidenti nomidan maxsus tabrik va sovg‘a, televizor hamda 15 million so‘m pul mablag‘lari topshirildi.

Foto: "Ma'rifat" targ‘ibotchilari jamiyati Axborot xizmati
Foto: "Ma'rifat" targ‘ibotchilari jamiyati Axborot xizmati

Jo‘ra bobo sovg‘alarni qabul qilar ekan xursandchiligini yashirib o‘tirmadi:

Meni frontga kuzatayotgan yaqinlarimning yuzidagi iztirobni yaxshi eslayman.
О‘sha vaqtlari yillar о‘tib mana shunday tinch, farovon, inson rohat-farog‘atda yashaydigan kunlar kelishini kim tasavvur qilibdi, deysiz. Doimo yurtimizning tinchligini о‘ylayotgan, farzandlarimizning baxtli, saodatli hayot kechirishini ta’minlab berayotgani uchun Prezidentimizga ming bora rahmat aytaman. Biz urush qatnashchilariga kо‘rsatilayotgan bunday e’tibor va ehtiromdan boshim kо‘kka yetdi "
- deydi 96 yoshli otaxon.

 

Foto: "Ma'rifat" targ‘ibotchilari jamiyati Axborot xizmati
Foto: "Ma'rifat" targ‘ibotchilari jamiyati Axborot xizmati
Foto: "Ma'rifat" targ‘ibotchilari jamiyati Axborot xizmati

Darvoqe, ajdodlarni xotirlash va keksalarni e’zozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada mamlakatimizda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat, e’tibor diqqat markazidadir. Zero, inson bu yorug‘ olamda о‘zidan faqat ezgulik ishlarini meros qoldirsagina ularning nomlari xotiralardan aslo о‘chmaydi. Qarilari doim musaffo osmonimizni tinchlik quyoshi misol nurlarga tо‘ldiraveradi.

"Ma'rifat" targ‘ibotchilar jamiyati Axborot xizmati

Report Page