Qashqadaryo viloyatiga temir yo‘lning kirib kelish tarixi

Qashqadaryo viloyatiga temir yo‘lning kirib kelish tarixi


Qarshi MTU UK Axborot xizmati

Qarshi shahrida 1885 yilning 25 iyunida rus va buxorolik diplomatlar, elchilar ishtirokida Qashqadaryo, Surxondaryo hududlaridan temir yo‘l o‘tkazish haqida bitim imzolandi.

1913 yilga kelib Buxoro amirligi hududidan Kogon, Qarshi-G‘uzor, Kelif, Termiz shaharlari oralig‘ida quriladigan temir yo‘li loyihasi ishlab chiqildi. Birinchi navbatdigisi Kogon-Qarshi shaharlari o‘rtasida 157 kilometrlik masofada 1914 yilda qurib tugallanishi lozim bo‘lgan yo‘l edi. Loyiha bo‘yicha Kogon-Qarshi temir yo‘lida beshta eng yirik bekat (Amirabod, Qarovulbozor, Muborak, Koson) va bir nechta razyezdlar qurilishi rejalashtirildi.

Temir yo‘l qurilishing ikkinchi navbati 1917 yilning boshida

Qarshi-Termiz-Kelif shaharlari o‘rtasida loyiha ishlari amalga oshirildi.

Uchinchi navbatda Qarshi-Kitob oralig‘ida 122 kilometrlik masofa 1914-1917 yillarda qurib ishga tushirilishi mo‘ljallangan edi. Bu shaharlar orasida G‘uzor, Qamashi, Yakkabog‘, Kitob temir yo‘l stansiyalari bir qancha raz'ezdlar qurilishi rejalashtirilgan edi.

Kogon-Qarshi-Termiz, Qarshi-Kitob temir yo‘lini qurilishini amalga oshirishda Kogon temir yo‘l stansiyasining xizmatlari benixoya katta edi.

12 noyabr 1914 yilda temir yo‘l Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahriga yetib keldi. 

1966 yildan boshlab Samarqand-Qarshi temir yo‘lini qurishga kirishildi va 1970 yilning may oyida tugatildi. 

1976 yilda Qarshi temir yo‘l tarixida ikkinchi marotaba temir yo‘l bo‘limi tashkil qilindi. Uning boshlig‘i qilib Aleksandr Andreevich Pak tayinlandi.

Qarshi temir yo‘l bo‘limiga 1979 yildan boshlab 1983 yilgacha Normat Ermetov boshliq bo‘ldi.

QARSHI MINTAQAVIY TEMIR YO‘L UZELINING TARIXI

O‘zbekiston halqi 1991 yil avgustida o‘zining davlat mustaqilligini e'lon qildi. Dunyo xaritasida yana bitta mustaqil, to‘la teng huquqli, suveren davlat paydo bo‘ldi.

MDH davlatlarining tashkil topishi O‘rta Osiyo temir yo‘li boshqarmasida ham katta strukturaviy o‘zgarishlarga olib keldi. Markaziy Osiyoda mustaqil davlatlar tashkil topishi natijasida O‘rta Osiyo temir yo‘li boshqarmasi tugatilib O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘izistonda alohida-alohida temir yo‘l Davlat aksionerlik kompaniyalari, boshqarmalari vujudga keldi.

O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1992 yilning 1 yanvaridagi farmoniga asosan Turkmaniston temir yo‘li tashkil etilishi munosabati bilan Qashqadaryo viloyati hududida temir yo‘l orqali yuk va yo‘lovchilarni tashishni boshqarish samaradorligini ta'minlash maqsadida O‘rta Osiyo temir yo‘llarining Qarshi bo‘limi tashkil etildi. Bu bo‘limning uchinchi marotaba qaytadan tashkil topishi edi.

1994 yilning 7 noyabrida O‘zbekiston Respublikasi hududida “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksionerlik temir yo‘l kompaniyasi sobiq O‘rta Osiyo temir yo‘l uchastkalari negizida tashkil topdi.

Kompaniyaning raisi etib N.E.Ermetov tayinlandi. Kompaniya 5 ta bo‘lim (Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Orolbo‘yi, Qarshi va Xorazm) yo‘lovchilar va yuk tashish direksiyasidan iborat edi.  

Qarshi temir yo‘l bo‘limi tashkil topganidan keyin uning hududlari 2 ta viloyat territoriyasidan tuzildi. Shuningdek bu bo‘lim ixtiyoriga Samarqand, Buxoro viloyatlari xududlaridagi temir yo‘llarning va korxonalarning bir qismi berildi. Bo‘limda besh ming kishi mehnat qilgan. Uning ixtiyoriga 22 stansiya va raz'ezdlar kirgan. Temir yo‘l bo‘limiga 700 km dan ko‘proq temir yo‘llar kirgan. Bo‘lim boshlig‘i etib To‘ychiev Abdulla Azizovich tayinlandi.

Stansiyalar (Muborak, Serniy zavod, Koson, Qashqadaryo, Qarshi, Sho‘rtan, G‘uzor, Qamashi, Yakkabog‘, Tanxoz, Kitob, Nishon, Jayron, Gumbaz, Ulus, Jom, Ayratam, Alato‘n, Neguz) raz'ezdlar (149, 148, 146, 151, 154, Dasht), korxonalar lokomotiv depo, vagon depo, aloqa va ishorat, elektr ta'minot, 2ta yo‘l ta'mirlash korxonalari, avtobazalar, material omborxonalari Qarshi bo‘limi ixtiyoriga berildi.

1994 yilda Karshi temir yo`lchilariga yangi zamonaviy 150 bemorga mo`ljallangan shifoxona qurildi, 1995 yilda Yakkabog‘ tumanida Chillabulog‘ dam olish maskani qurildi, 1995 yilda esa Qarshi bo‘limida temir yo‘lchilarni sog‘lomlashtirish markazi qurilib ishga tushirildi. 1998 yilda Qarshi-Talimarjon uchastkasida Kengsoy stansiyasi qurilib ishga topshirildi.

Qarshi temir yo‘l bo‘limi o‘z qurilmasiga ko‘ra yuk va yo‘lovchilar tashish bo‘limi, lokomotiv xo‘jaligi, harakat xavfsizligini taftish qilish, statistika hisobi, elektrifikatsiya va energetika, vagon xo‘jaligi, yo‘l xo‘jaligi, kapital qurilishi, rejalashtirish va iqtisod bo‘limi, moliya bo‘limlaridan tashkil topdi.

2002 yil DATK “O‘zbekiston temir yo‘llari” tashkil qilindi va tarkibida Qarshi MTU tashkil etildi, MTU rahbari Arslonov Ibodullo G‘ulomovich etib tayinlandi.

Mamlakat transport kommunikasiyalarini, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarini iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish uchun qulay

shart-sharoitlar yaratish, tabiiy yer osti boyliklari konlarini o‘zlashtirish loyihalari amalga oshirilishini jadallashtirish, shuningdek respublika janubiy mintaqalarining ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

2007 yil 24 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Toshguzar–Boysun–Qumqo‘rg‘on” temir yo‘lining tantanali ochilishida so‘zlagan nutqida “Asriy tog‘u toshlar, dashtu biyobonlar bag‘rida tunu kun mardona mehnat qilib, 223 kilometrdan iborat bo‘lgan bu temir yo‘lni qisqa davrda, hammasi bo‘lib 33 oyda, muddatidan ikki yil oldin ishga topshirilishining o‘zi, hech shubhasiz, mamlakatimiz tarixida har tomonlama ulkan bir voqea, desak, o‘ylaymanki, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz”, deb ta'kidlagan edi.

Amalga oshirilgan bu buyuk ishlarning eng muhim ahamiyati va mohiyati shundaki, o‘zbek xalqi o‘z kuch-qudratini va nimalarga qodir ekanini yana bir bor namoyon etdi. Buni dengiz sathidan 1800 metr balandlikda, qattiq qoya toshlardan iborat tog‘li hududlar bo‘ylab, yozning jazirama issig‘i, garmsellari, qishning izg‘irin shamollari ostida temir yo‘l izlari yotqizilgani, Toshguzar va Dehqonobod, Oqrabot va Darband, Boysun va Qumqo‘rg‘on kabi 6 ta yangi stansiya va yo‘lovchi platformalariga ega bo‘lgan 9 ta bekat barpo etilgani misolida ham ko‘rish mumkin.

Yangi yil arafasida O‘zbekiston ahli va yurtimiz mehmonlari uchun yana bir qulaylik yaratildi. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiadorlik temir yo‘l kompaniyasi Toshkent-Qarshi yo‘nalishlarida “Nasaf” deb nomlangan va barcha qulayliklar muhayyo etilgan tezyurar ekspress poezdi qatnovi 25 dekabr 2010 yilda yo‘lga qo‘yildi.

5 yanvar 2012 yil O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining PP-1676 sonli qarori bilan 2012-2016 yillarda Maroqand - Qarshi temir yo‘l uchastkasida elektropoezdlar harakatlanishi yo‘lga qo‘yildi, natijada

2016 yil 5 sentyabrda tezyurar “Afrosiyob” yo‘lovchi poezdining Toshkent-Samarqand-Qarshi yo‘nalishida doimiy qatnovi yo‘lga qo‘yildi.


“Qarshi-Termiz” temir yo‘l uchastkalarini elektrlashtirish loyihasi doirasida bajarilgan ishlar

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 21 fevralidagi PQ-1712-sonli qaroriga asosan 2012-2017 yillarda Qarshi-Tashg‘uzor-Boysun-Qumqurg‘on-Termiz 325 km uchastkalarini elektrlashtirishga 481,76 mln. AQSh dollari miqdorida mablag‘ni o‘zlashtirildi

Xozirgi kunda Toshguzor, Dexkonobod va Okrabot stansiyalarida tyagovaya podstansiya (TPS) kurib bitkazilgan, shundan Dexkonobod va Okrabot stansiyalaridagi TPS lar ishga tushirilgan.

Karshi-Okrabod elektrlashtirilgan temir yul uchastkasining ekpluatasiya ishlariga “O`zbekiston temir yo`llari” AJ boshkaruvi raisining 2017 yil 16 martdagi 40-N sonli buyrug`iga asosan 160 ta yangi ish urinlari yaratildi. 

“Qarshi-Kitob” yo‘nalishida ilk bor elektrovoz hamda “Afrosiyob“ zamonaviy elektropoezdini harakati yo‘lga qo‘yildi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati mutaxassislari umumiy uzunligi qariyb 124 kilometrdan iborat bo‘lgan “Qarshi-Kitob” temir yo‘l liniyasi loyihani qisqa fursatda sifatli qilib amalga oshirdi.

Ushbu yo‘nalishda vokzallar yangidan qurilib, stansiyalar rekonstruksiya qilindi. Shuningdek, 2 ta ko‘prik, 20 ga yaqin sun'iy inshootlar bunyod etildi. Qurilish ishlariga 100 ga yaqin zamonaviy texnikalar, 300 nafardan ziyod tajribali mutaxassislar jalb qilindi. E'tiborli jihati shundaki, soha energetiklari tomonidan loyiha doirasida rejalashtirilgan 94 km. masofaga temir beton ustunlari o‘rnatish, ularga konsollar ilish, kontakt simlari tortish kabi barcha ishlar to‘liq yakunlandi. Bundan tashqari, o‘tgan vaqt mobaynida 1 ta nim tortish stansiyasi ham qurib ishga tushirildi.

Texnik sinovlar muvaffaqiyatli o‘tkazilgan Qarshi-Kitob temir yo‘l liniyasi 2018 yil 30 avgust kuni foydalanishga topshirildi. Qashqadaryo iloyatiga qatnovchi "Afrosiyob" poezdi Qarshi shahri orqali ilk bor Shahrisabzga yetib bordi. 


Bugungi kunda barcha qulayliklarga ega Qarshi shahrining ko‘rki bo‘lib 4 qavatli 66 xonali Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli unitar korxonasining yangi ma'muriy binosi qad rostlab turibdi.



Report Page