Qarsildoq baqlajon va barbekyu sosiskalar.

Qarsildoq baqlajon va barbekyu sosiskalar.


Kerakli masalliqlar: 


Baqlajon- 1 ta 

Tuxum-2 ta 

Un- 100 gr 

Talqon -100 gr (kanishero)

Sosiskalar- 6 dona @toxtaniyoz_ota_uzb 

Pomidor- 1 ta 

Rozmarin -1 ta 

Dungan qalampiri- 1 dona 

Sariyoģ- 40 gr 

Sarimsoq piyoz- 3-4 dona 


Tayyorlanishi: 


 Baqlajon po'stini tozalab olamiz , so'ng to'rtburchak shaklida to'g'rab tuzli suvga solib qo'yamiz. 

Pomidor ni xam parrak- parrak shakilda to'g'rab olamiz. 

1 ta idishga tuxum , 1 ta idishga un, 1 ta idishga talqon solib olamiz.

Baqlajonlarimizni suvdan olib quritib olamiz, va tuxumga,unga , talqonga botirib olamiz.

Tovaga yoģ solib orqa oldini qizartirib qovurib olamiz. 

Boshqa tovaga yog' solib sosiskalarimizni solib orqa oldini qizartirib 15 daqiqa davomida qovurib olamiz.

So'ng sariyoģ , sarimsoq piyoz , dungan qalampiri va pomidorlarimizni solib qovurib olamiz rozmarin solib aylantirib qovurib olib ,dimlab qo'yamiz (5 daqiqaga)


Tayyor bo'ldi xoxishga ko'ra dekoratsiya qilib dasturxonga tortamiz. 


 Yoqimli ishtaxa 😋

“tass_cooking” sahifasidan


@kunlik_retseptlar kanali siz uchun❤️

Report Page