“Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasiga qarashli Qarshi elektr taʼminoti korxonasida “Mehnat muhofazasi oyligi” doirasida Mehnat muhofazasi, texnika va sanoat xavfsizligi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlili
Qarshi MTU“Qarshi mintaqaviy temir yo‘l uzeli” unitar korxonasiga qarashli Qarshi elektr taʼminoti korxonasida ayni damda 455 nafar ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Bu soha vakillari mehnatining nechog‘li xavfliligi shundaki, ularning barchasi yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlariga xizmat ko‘rsatishlari barobarida temir yo‘llarning elektrlashtirilishida munosib hissa qo‘shmoqda.
Mazkur korxonada O‘zbekiston Respublikasi “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni, Mehnat Kodeksi, Jamoa shartnomasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati raisi tomonidan tasdiqlangan va tarmoq kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bilan kelishilgan Dastur hamda yil boshida tuzilgan tashkiliy-texnik tadbirlar asosida barcha ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Korxona ishchi-xodimlari tomonida hududda joylashgan 515,916 kilometr liniyaga xizmat ko‘rsatilmoqda, shundan 370,916 kilometri elektrlashgan liniya hisoblanadi. Shuningdek, u yerda 6 ta kontakt tarmog‘i sexi va 5 ta yuqori kuchlanishli tortuv nimstansiyasi, 1 ta energodispetcherlik, 1 ta taftish-taʼmirlash, 1 ta tuman elektr tarmog‘i, 1 ta taʼmirlash -ustachilik sexlari va boshqaruv aparati mavjud.
Joriy yilning 1-choragida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan barcha ishlar to‘liq bajarilishi bilan birga korxonada noqulay mehnat sharoitida ishlovchi ishchi-xodimlarning barchasi sut va sut mahsulotlari bilan taʼminlandi. Shuningdek, texnika va sanoat xavfsizligi borasida ularning barchasiga maxsus kiyim-bosh, dielektrik rezina etik hamda qo‘lqop va kerakli barcha asbob-anjomlar o‘z vaqtida berib borilmoqda. Korxonadagi nogironligi bor va boquvchisini yo‘qotgan shaxslarga 2023 yilning shu kuniga qadar moddiy mablag‘lar o‘z vaqtida to‘lab berildi.
– Shu kunga qadar ichki mehnat qoidalari, lavozim yo‘riqnomasi, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalarini buzilishiga yo‘l qo‘ygan ishchi-xodimlardan “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati raisining 2021 yilning 11 maydagi 501-N-sonli buyrug‘i. ““O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatida mehnat xavfsizligiga rioya etishi nazoratining talon tizimi to‘g‘risidagi Nizomi” ga muvofiq mehnat muhofazasi bo‘yicha ogohlantirish talonlari olingan temiryo‘lchilarga tegishli tartibda intizomiy jazo chorasi ko‘rildi, 2023 yil "Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili" borasida korxonamizda xam nazari va amaliy mashg‘ulotlar sifati kuchaytirilmoqda – deydi Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi yetakchi muhandisi Ikrom Vohidov. – Mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalari mavzusida ishchi-xodimlar bilan 170 marotaba seminar va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib, unda 4 mingdan nafar ziyod temiryo‘lchi ishtirok etdi.
Jumladan, Jamiyat tasarrufidagi barcha korxona, tashkilot va muassasalarida 27 mart kunidan 27 aprel kuniga qadar “Mehnat muhofazasi oyligi” o‘tkazilishi to‘g‘risidagi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati raisining 2023 yil 24 mart kunidagi 262-N-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida va 28 aprel “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” ga bag‘ishlab, korxona boshlig‘i ishtirokida hamda korxona Boshlang‘ich kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda seminar o‘tkazildi.
Unda korxonaga qarashli sexlardan jami 20 nafar mehnatni muhofaza qilish vakillari taklif etildi. Sexlardan tashrif buyurgan mehnatni muhofaza qilish vakillarining tayyorlab kelgan hisoboti tinglandi. So‘ngra, yig‘ilganlar o‘rtasida savol-javob va test shaklida ularning bilim darajasi, malaka hamda ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi. Murosasiz o‘tgan bahslarda faxrli birinchi, ikkinchi va uchinchi o‘rinlar bevosita mutaxassislar tomonidan aniqlanib olindi.
Unga muvofiq, Dehqonobod tortuv nimstansiyasi mehnatni muhofaza qilish vakili, elektromontyori Y.Berdiyev 1-o‘ringa loyiq topildi. Ayritom kontakt tarmog‘i mehnatni muhofaza qilish vakili, elektromontyor O.Normurodov 2-o‘ringa munosib ko‘rildi. Shuningdek, Yakkabog‘ kontakt tarmog‘i sexi mehnatni muhofaza qilish vakili, elektromontyori A.Xolmamatov 3-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, o‘tkazilgan seminarda faol ishtiroki hamda korxona salohiyatini oshirishda qo‘shgan munosib hissasi uchun, korxona ombor mudirasi, mehnatni muhofaza qilish vakili Sh.Chorshanbiyeva munosib deb topildi. Ularning barchasi korxona rahbariyati tomonidan esdalik sovg‘alari hamda “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandi.