Qanday qilib hacker boʻlamiz?

Qanday qilib hacker boʻlamiz?

Salohiddin
Hacker

​Qanday qilib hacker boʻlamiz?!🤔

Eng avval hacker o'zi kim ekanini bilib olamiz.

Hacker - favqulodda kuchli dasturchi. U dasturlash tilining koʼplab tomonlari bilan bir qatorda u orqali tuzilgan dastur yoki saytlarda ham koʼp uchraydigan nozik joylarini biladi. Аynan shu nozik joylar sababli u oʼsha sayt yoki dasturni buzib kira oladi


Hackerlar 3ta guruhga boʼlinadi: Black Hat - buzgʼunchi hackerlar, White Hat - himoyachi, tinchlikparvar hackerlar, Grey Hat - asosan oʼzi haq deb bilgan yoʼlni tanlaydigan hackerlar guruhi


Shuningdek, hackerlar quyidagi toifalarga boʼlinadi

Newbie - yangi boshlagan hackerlar, odatda katta ziyon yetkaza olishmaydi, harbiylar taʼbiri bilan aytganda "dux"

Script Kiddie - oʼzi kod terishni bilmaydigan, buzish ishlarini maʼlum dasturlar orqaligina amalga oshira oladigan hackerlar

Cracker - dasturlarni buzuvchi hackerlar. Bu yoʼnalish hackerlar jamiyatida eng pastkash ish deya baholansada, bizdagi sharoit uchun ular juda kerakli. Nega deysizmi? Siz shu vaqtgacha Windows uchun, istalgan kompyuter dasturi yoki oʼyinlar uchun pul toʼlaganmisiz? Yoʼqmi? Krekerlar sharofati bilan

Hacktivist - internetda oʼz noroziligini bildirish bilan shugʼullanadigan hacker

Suicide Hacker - huddi oʼzini portlatuvchi suiqasdchilarga oʼxshaydi, shaxsi oshkor boʼlishini bila turib juda katta hujumlarni amalga oshiradi

Va boshqalar


Lekin afsuski, ijtimoiy tarmoqlarda sizga koʼrinmas nik yasab berish, spamdan chiqarish va hokazo sirlarni bilishini aytayotgan odam hacker hisoblanmaydi.Dasturlash tillarini o'rganing


Aynan bir tilni o'rganish kerak degan talab yo'q. Lekin bir nechta tilni tavsiya qilishim mumkin. Dasturlash tillarini o'rganish ko'p vaqt talab etadi. Eng avval sabrli bo'lishni o'rganin


🔸C yoki C++ ni o'rganing. Sabab windows va linux operatsion sistemalar shu tillar asosida qurilgan. U sizga aslida tizim qanday ishlashini anglashingizda yordam berad


🔸Javascript, Python va Ruby - turli xil vazifalarni avtomatlashtirishda kerak bo'ladigan ko'p imkoniyatga ega tillar. Bularni o'rganishni ham tavsiya qilama


🔸Perl yoki php ni o'rganish ham zarar qilmaydi. Chunki ayni vaqtda ko'plab sayt va platormalar phpda qilingan

Secretius.

Report Page