Qanday qilib 1 kompyuterda 2 ta telegram ishlatish mumkin?

Qanday qilib 1 kompyuterda 2 ta telegram ishlatish mumkin?

Kamol To'xtayev

Telegram ochsang 2 ta och. Biri tursin qafasda ikkinchisi zapasda Shu kunlarda telegramda spam chiqdiyu ko'pchilikga yozolmiy qoldim. Shunda men bir savol o'ylantirib qo'ydi "Qanday-qilib 1 kompyuterda 2 ta telegram ochish mumkin?" Buni yo'li oson. Demak boshladik!

1-usul

Bizni birinchi qilib oladigan ishimiz telegram o'rnatilgan papkani topib olish. Hozirda bizda oldindan o'rnatilgan Telegram bor va ish stolida yorlig'i bor. O'sha yorliq orqali telegram o'rnatilgan papkani huddi rasmdagidek topib olamiz.

Endi esa Application Data papkasiga o'tib Telegram Desktop papkasini nomini o'zgartiramiz.Masalan Telegram Desktop2 qilib.

Endi esa Telegram Desktop2 papkasidagi Telegram.exe dan ish stoliga yorliq tashimiz.

Oxirgi qiladigan ishimiz Telegram.org saytidan yangi telegram olib kompyuterga o'rnatsangiz bo'ldi. Ana endi sizda 2 ta telegram bor.

2-usul

1-usulda yozilganidek C:\Documents and Settings\Admin\Application Data\Telegram Desktop papkasiga kirib olamiz va o'sha papka ichida yangi papka ochamiz.

Telegram.exe dan nusxa olib yangi ochgan papkamizga tashimiz. Bo'ldi endi sizda 2 ta telegram bor! 

*Savollar bo'lsa kutaman.

Report Page