Qanday Noutbuk tanlash kerak?
@FEATUREUZ❗Maqolada biror bir rusum yoki ishlab chiqaruvchi haqida emas, aytilgan parametrlariga koʻra, oʻzingiz qanday rusumdagi noutbuk tanlashingiz oʻzingizga havola.
ㅤㅤㅤㅤㅤ
Xo‘sh, qanday noutbuk tanlash kerak?

Noutbukdan qanday maqsadlarda foydalaniladi?
Noutbuk tanlashdagi asosiy qadam. Ularni turi “ofis”, “uy”,“oʻyin” ... uchun deb turlanadi. Lekin bularning barchasi nisbiy. Ofisda yozish, elektron pochtalar bilan ishlash, internetdan maʼlumot qidirish uchun, uyda turli multimediya (musiqa, rasm, filmlar...) mahsulotlari, oʻyin oʻynash uchun foydalaniladi. Shuning uchun ular orasida keskin farqlanish boʻlganligi uchun sotuvchining tavsiyalariga emas, balki parametrlariga eʼtibor qaratish lozim. “Qancha qimmat boʻlsa, shuncha zoʻr boʻladi” ham notoʻgʻri.
Qaysi parametrlarga eʼtibor qaratish kerak?
● O‘lcham.
Agar noutbukni oʻzingiz bilan olib yursangiz kichikrogʻini 13-14" tanlash zarur. Kunlik ishlar uchun 15.6". Agar grafika va rasmlar bilan ishlash kerak boʻlsa, 17" va undan yuqori rusumdagilardan foydalaniladi.
● Protsessor.
Noutbukning eng zarur koʻrsatkichlaridan biri ishlash tezligidir. Protsessorlar Intel va AMD boʻlishi mumkin. Aksariyat noutbuklarning protsessori Intel va u bir nechta turga boʻlinadi:
• Atom — kuchsiz protsessor turi;
• Celeron — Atom dan tezroq, lekin samaradorligi past;
• Pentium — ofis noutbuklari uchun (sodda dasturlarni ishlatish uchun);
• i3 — universal noutbuk, koʻp sohada foydalanish mumkin;
• i5 — yuqori unumdorli protsessor, zamonaviy oʻyinlar va dasturlarni ishlatishda foydalaniladi;
• i9 — unumdorligi eng yuqori boʻlgan protsessor.
📍Ma’lumot o‘rnida:
Protsessorni belgilanishi:
Intel Core i5-8250U (1.6—3.4 GGs) bu — 8 avlod i5 protsessori. Protsessor avlodiga ham eʼtibor qaratish zarur. i3 7xxx avlodi i3 8xxx avlod protsessoridan kuchsizroq.
● Operativ xotira (OZU, RAM).
Operativ xotira nima uchun kerak? Masalan xotira qanchalik katta boʻlsa, brauzerda koʻproq oyna ochib foydalanish mumkin. Kompyuteringiz qotib qolmaydi. Bundan tashqari, operativ xotira oʻyin oʻynaganda va videomontajda muhim oʻrin tutadi. 4 Gb shunday foydalanish uchun yetarli, lekin 8 Gb sotib olinsa yanada yaxshi. Oʻyin oʻynash uchun 16 Gb va undan yuqorisini tanlagan maʼqul. DDR4 - hozirgi davr kompyuterlarida foydalaniladi. Bundan tashqari xotiraning oʻtkazuvchanligi ham muhim hisoblanadi, masalan DDR4-1600L yoki DDR4-3200AA.
● Videokarta.
Videokarta oʻrnatilgan va diskret (qoʻshimcha karta, noutbukning ikkita kartasi boʻladi) boʻladi. Agar siz ogʻir ishlaydigan grafik dasturlardan va hozirgi zamon oʻyinlaridan foydalanmasangiz, diskret kartaga ortiqcha pul sarflamasangiz ham boʻlaveradi. Agar koʻrsatmasida AMD yoki nVidia koʻrsatilgan boʻlsa, bular diskret videokartlar hisoblanadi. Intel - oʻrnatilgan karta.
● HDD yoki SSD disk.
SSD - eng zamonaviy va tez ishlaydigan disk. Farqini oson bilish mumkin. Kompyuter tezda yuklanadi. Dasturlar ishlashi tez. Bu haqida Google orqali ko‘proq ma’lumot olish mumkin.
● Displey.
Matritsa ikki xil boʻladi. TN+Film arzon noutbuk modellariga oʻrnatiladi. IPS matritsasiga nisbatan ranglarning yorqinligi past. Agar siz rasm va videolarni tahrirlamasangiz, farqini sezmaysiz. Kunlik ishlar uchun film va rasmlarni tomosha qilish, xujjatlarni tahrirlash uchun TN+Film yetarli.
Bundan tashqari displey jiloli va jilosiz boʻladi. Jiloli tasvir yorqin va tiniq koʻrinadi, lekin quyoshda tushayotgan yorugʻlikdan tovlanadi. Tovlanish esa koʻzni charchatadi.
Qoʻshimcha qurilmalar ulanadigan joylar.
Agar noutbukka qoʻshimcha monitor ulamoqchi boʻlsangiz HDMI yoki VGA ulanadigan joyi boʻlishi kerak. Internetga wi-fi siz ulanmoqchi boʻlsangiz LAN kabeli ulash imkoni boʻlishi zarur (ayrim noutbuklarda joyni tejash uchun oʻrtantilmagan boʻlishi mumkin). Baʼzi noutbuklarda operativ xotirani koʻpaytirish va SSD disk uchun qoʻshimcha slotlar bor. Bundan tashqari USB portlar oʻrniga yangi turdagi USB C bilan ishlab chiqarilmoqda. Ularga barcha zamonaviy qurilmalarni, hatto, monitorni ulash mumkin. Bundan tashqari portdan boshqa qurilmalarni quvvatlantirish uchun foydalansa boʻladi.
Noutbuk parametrlariga misol:
• Kunlik ishlar uchun 4 Gb operativ hotira, Pentium protsessorli(i3 dan ozroq yaxshi), oʻrnatilgan videokarta, HDD (SSD boʻlsa, yana yaxshi) diskli noutbuk kifoya.
• Yuqori samarador noutbukda bilan oʻyin oʻynash va grafik dasturlar (Photoshop, CorelDRAW, 3dMax va boshqa) ishlatish mumkin: operativ xotira 8-16 Gb va yuqori, protsessor Intel i5 yoki i7, oʻrnatilgan diskret videokarta 3-4-6 Gb, IPS displey.
• Eʼtiborli joyi noutbuklarning buzilishiga asosan uni qizib ketishi sabab boʻladi. Noutbuk rusumi qanchalik qimmat boʻlsa, videokartani va protsessorning unumdorligi yuqori boʻlganligi uchun koʻp qiziydi va tez ishdan chiqadi deyish nooʻrin. Zamonaviy noutbuklarda sovitish tizimi ham mukammal ishlangan. Asosiy eʼtiborni noutbuk yasalgan materialga va oʻrnatilgan operatsion tizimga hamda klaviaturani yoritilib turishi imkoni borligiga, ovoz tiniqligiga (qimmat noutbuklarda) va batareyasini ishlash davomiyligiga eʼtibor qaratish zarur.
@featureuz — O‘zbekcha kontentdagi texnoblog!