Qancha uxlash kerak?

Qancha uxlash kerak?


Qancha uhlash kerak? – Sadhguru


Sadhguru shunday deydi: Tungi uyqu sizga ertalab va kechqurun orasidagi farqni yaratadi. Agar siz kechasi yetarlicha dam olmasangiz, ertalabingiz og'ir kechadi. Muhimi farqni uyqu emas, dam olishingiz

darajasi yaratadi. Yaxshi tong – bu kunning yaxshi boshlanishidir, lekin kun bo'yi, asta-sekin o'zingizni tinchligingizni yo'qotasiz va stressni his qilasiz. Ishingizning özi stress yaratuvchisi emasligini anglash muhimdir. Ko'pchilik o'z ishini doimiy stress manbai deb o'ylaydi, ammo aslida ishning özini qiyin deb bilish noto'g'ri. Stress, sizning fiziologik tizimlaringiz bilan ishlashdagi muammolardan kelib chiqadi.

Stressdan qanday qutilish mumkin, qanday siz har kuni bir xil darajada dam olgan va jonli his qilshingiz mumkin? Ovqatlanganimdan keyin puls tezligimni o'lchaganimda, u daqiqaga 47-48 zarbani tashkil qiladi. Och holda o'lchaganimda, puls tezligim 35 dan 40 gacha bo'ladi. Fiziologik jihatdan bu chuqur uyqu holatini bildiradi. Men butunlay tetikman va dunyodagi har qanday ishni amalga oshirishga qodirman, ammo tanam chuqur uyqu holatida. Agar tanangiz doimo uyqu holatida bo'lsa, stress haqida gap bo'lishi mumkin emas. Agar siz stressni his qilmasangiz, nega soat 4:00 va 21:00 atrofida turlicha hissiyotlarga ega bo'lishingiz mumkin?

Tanangiz bo'shashgan holatda bo'lishi kerak, va hech qanday faoliyat charchoq hissi tug'dirmasligi kerak. Siz jismonan toliqishingiz mumkin, lekin stress his qilishingiz shart emas. Tanangizni bo'shashgan va erkin holda saqlashingiz lozim. Ish hajmini kamaytirish orqali organizm faoliyatini sekinlashtira olmaysiz. Lekin agar siz juda kuchli bo'shashgan bo'lsangiz va hech qanday faoliyat bilan shug'ullanishga qodir bo'lmasangiz, bu yaxshi emas. Buni tuzatish uchun maxsus texnologiyalar mavjud; shu maqsadga erishishga yordam beradigan to'liq tizim mavjud. Agar siz ba'zi bir oddiy yoga mashqlarini bajarishni boshlasangiz, men aytar edimki, 3-4 oy ichida puls tezligi kamida 8-20 zarba kamayishi mumkin. Shunda tanangiz yanada samarali va tinch sur'atda ishlaydi.

Siz qachon uxlaganingiz hayot tarzingizga bog'liq. Muhim faktor bu sizga necha soatlik uyqu kerakligidir. Ko'plar hozirda kuniga sakkiz soatlik uyqu zarurligini aytadi, ammo aslida sizga kerak bo'lgan narsa uyqu emas, balki dam olish va bo'shashishdir. Agar siz kun bo'yi tanangizni bo'shashgan va erkin holatda saqlasangiz, agar ishingiz va jismoniy mashqlaringiz bu siz uchun dam olish shakllari bo'lsa, tanangiz uchun kerakli uyqu ehtiyoji tabiiy ravishda kamayadi. Odamlar o'z vazifalarini juda katta bosim ostida bajaradilar, hatto parkda ham ko'plarni stress holatida yurishini ko'raman. Bunday faoliyatlar sizga foydadan ko'ra zarar keltirishi mumkin, chunki siz go'yo kurashga kirgandek his qilasiz. Nega emin-erkin yurishni tanlamaysiz?

Piyoda yurishingiz yoki yengil yugurishingizdan qat'i nazar, nega uni oson va xursandchilik bilan amalga oshira olmaysiz?

Hayot bilan kurasha olmaysiz; o'zingizni yaxshi formada saqlab turish uchun kurashish emas, zavqlanish kerak. O'yinlar o'ynang, suzing, sayr qiling va sizga yoqadigan narsalarni bajaring. Agar ish qilishni yoqtirmasangiz va faqat shirinliklar yeyishni xush ko'rsangiz, oqibatlari yaxshi bo'lmaydi bundan tashqari har qanday faoliyatda, dam olishda hech qanday muammo yo'q.


Tanangiz uchun nechta soat uyqu yetarli?


Sizning jismoniy faollik darajangizga bog'liq. Aniq miqdordagi kaloriya yoki uyqu kerak degan qat'iyatni belgilashingiz shart emas, bu hayotga yondashuvning befoyda usuli hisoblanadi. Bugun faoliyatingiz past bo'lsa, kamroq yeyishingiz mumkin. Ertaga harakatingiz ko'paysa, ko'proq yeyishingiz mumkin. Uyqu ham shunday: tanangiz etarlicha dam olgach, xoh bu tungi 3 soat bo'lsin, xoh ertalabki 8, o'zi uyg'onadi.

Tanangiz budilnik tovushi bilan uyg'onmasligi kerak, balki o'zi uyg'onganda uyg'onishi kerak.

Agar tanangiz karovotni qabrga aylantirishga urinsa, uyg'onishni istamaydi. Ba'zida sizni o'liklikdan qayta tiriltirish kerak bo'ladi.

Hammasi hayotingizni qanday boshqarishingizga bog'liq. Agar siz ma'lum bir psixologik holatda bo'lib, hayotdan qochishga urinayotgan bo'lsangiz, uyqu bu vaziyatdan chiqishning yaxshi usulidir. Tabiiyki bu holatda siz ko'proq ovqatlanib va ko'proq uxlay olasiz.


Hozirgi vaqtda ko'plab odamlar shunday ruhiy holatga tushib qolishadiki, ular ovqatlanib, tanalaridagi his-tuyg'ularini susaytirmaguncha uyquga ketisholmaydi. Ovqat hazmi tugaguniga qadar yetarli vaqtni ajratganingiz ma'qul, bu vaqtni uyqudan oldin ajratish kerak. Siz ovqatdan keyingi 2 soat ichida uxlasangiz, yeyilgan ovqatingizning 80 foizi bekor ketadi. Agar to'yib ovqatlangan bo'lsangiz va so'ng uxlay olmasangiz, bu muammoni e'tiborga olishingiz zarur. Bu yerda masala uyquda emas...

ma'lum bir psixologik holat haqida gap ketmoqda.


Endi, qancha uxlash kerak? Sizning tanangiz talab qilganicha uhlashingiz kerak. Ovqat va uyquni tanangizning o'zi hal qilishi kerak, siz emas, chunki siz bu masalada to'g'ri qaror qabul qila olmaysiz. Qancha ovqatlanish va uyquni eng yaxshi usuli tanangizning signaliga quloq tutishdir. Axir, bu - tanangizning jismoniy ehtiyojlari, to'g'rimi?

Muallif: Sadguru

Kanal: @Paruk_Pilo

Report Page