“Qalqon” yengil zirhlangan avtomobili - milliy mahsulotimiz

“Qalqon” yengil zirhlangan avtomobili - milliy mahsulotimiz


Mudofaa sanoati kompleksi korxonalaridan birida ishlab chiqarilgan “Qalqon” yengil zirhlangan avtomobili kuch ishlatar vazirlik va idoralar hamda tegishli davlat organlari mutaxassislari tarkibidagi ekspert komissiya tomonidan barcha amaliy sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

To‘laligicha soha mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan konstruktorlik hujjatlar asosida yaratilgan “Qalqon”ning taktik-texnik tavsiflari buyurtmachilar takliflari asosida yanada takomillashtirildi hamda Qurolli Kuchlarimizning talablariga va xalqaro tan olingan standartlar me‘yorlariga mos kelishi tasdiqlandi.

Shu kunlarda mazkur yengil zirhlangan avtomobillar seriyali ishlab chiqarilib O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari bo‘linmalariga yetkazib berilmoqda.

Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi matbuot xizmati

Bizning web-saytimiz...

Report Page