Qalbaki kupyuralarni tayyorlab yarim bahosida sotayotgan shaxslar IIB xodimlari tomonidan ushlandi
IIBB Axborot xizmatiAngren shahar Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, 1976 y.t. fuqaro 1.500.000 soʻm qalbaki pullarni 400 ming soʻmga sotayotgan vaqtida qoʻlga olindi.
Holat yuzasidan oʻtkazilgan tezkor surishtiruvlar davomida, bir biriga ulanib ketgan mazkur “jinoyat zanjiri” uzilib, ishga aloqador boʻlgan yana 4 nafar (29-47 yoshli) shaxslar protsessual tartibda qoʻlga olindi.
Ulardan yana, qiymati 1.500.000 soʻmga teng boʻlgan qalbaki 100 ming soʻmlik kupyuralar va rangli printer daliliy ashyo sifatida hujjatlashtirilib olingan.
Aniqlanishicha, ushbu shaxslar tomonidan, avvalroq ham 5.000.000 soʻmga teng boʻlgan qalbaki pul kupyuralari chop etilgan.
Hozirda holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
IIBB Axborot xizmati