Qalampir tuzlamasi 🌶🌶🌶
Chesnok
Lavr bargi
Ukrop
Tuz va uksus
Qalampirlarni tozalab yuvib, yuvilgan baklajkaga avval yarim bog' ukrop, 6-7 zupchik chesnok, 3-4ta lavroviy list va yuvilgan qalampirlarni solamiz. Agar baklajkangiz tez to'lib qolsa, bir ikki marta stolga urib yuborsangiz ko'proq sig'adi. Keyin 1.5 osh qoshiq 9% li uksus va 1.5 osh qoshiq tuz solib, oqib turgan muzdek suvni quyamiz. Qopqog'ini mahkam yopib, salqin joyda saqlaymiz.Qalampirlarni qattiq va yangisidan tayyorlang. Shunda qalampirlar ezilib ketmaydi. Suvini sirka o'rnida ham brmalol ishlatsa bo'ladi.Har yili shu uslubda tayyorlayman. Tayyorlab ko'rsangiz, bozornikini sotib olmay qo'yasiz.
ma_cuisine_uz sahifasidan olindi