Arxiv hujjatlarida ayollar (Pak Vera Borisovna)

Arxiv hujjatlarida ayollar (Pak Vera Borisovna)

Хоразм вилоят АИҲБ
Vera Pak Borisovna

#8mart

Pak Vera Borisovna 1938 yil 13-noyabrda Qoraqalpog'iston Respublikasi Qo'ng'irot tumanida tug'ilgan. 1961 yilda Qoraqalpoq davlat pedagogika institutini (hozirgi Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti) tugatgandan so'ng Xiva shahridagi 3-o'rta maktabda ishlagan. 1984-1985 yillarda Xiva shahar xalq ta'limi bo'limida mehnat ta'limi inspektori lavozimida ishlagan. 1985 yilda u Xiva shahridagi 20-sonli bolalar uyining direktori etib tayinlangan va umrining oxirigacha shu lavozimda faoliyat yuritgan.

Pak Vera Borisovna bir necha bor O'zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi a'zosi, xalq deputatlari viloyat va shahar Kengashlari deputati etib saylangan. 2005 yilda Pak Vera senator etib saylangan. Senat a'zosi sifatida u Oliy Majlisning Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi bilan hamkorlik guruhiga a'zo bo'lgan.

Ko'p yillik vijdonan mehnati uchun, 1992 yilda Pak Vera Borisovnaga O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan xalq ta'limi xodimi unvoni berilgan, 2001 yilda - O'zbekiston Qahramoni unvoni bilan ham taqdirlangan.

Hozirgi kunda ushbu fotosurat Xorazm viloyat davlat arxivida saqlanmoqda.

"O‘zarxiv" agentligi Axborot xizmati

Report Page