Qadrli yoshlar, Aziz talabalar!

Qadrli yoshlar, Aziz talabalar!


Sizlarni — Oʻzbekiston yoshlarini mamlakatimizda keng nishonlanayotgan qutlugʻ ayyom — Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Bundan olti yil avval - 2017-yilning 30-iyun kuni Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etildi. Ushbu sananing Oʻzbekiston Respublikasida “Yoshlar kuni” bayrami sifatida Mustaqilligimiz solnomasidan munosib oʻrin egallagani nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz hayotida tarixiy voqea boʻlgan edi.

Bugungi kunda Navoiy davlat pedagogika institutida yoshlar bilan ishlash boʻyicha yangi tizim yaratilgani, Sizlarning ijtimoiy faolligingiz, oʻqish va sport sohalari kabi turli tadbirlarda, anjuman va forumlarda munosib ishtirok etayotganingizni barchamiz g’urur bilan eʼtirof etamiz! 

Shu fursatdan foydalanib, Siz aziz yoshlarni bugungi bayram — Yoshlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, oʻqish va ishlaringizda, oilaviy hayotingizda, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar, baxt va omad tilayman. 

Hamisha sog’ va salomat bo‘ling! 

Hurmat bilan, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Sobirov Bahodir Boypo‘latovich.





Report Page