Qadriyat: yoshi ulugʻlar hamisha e’zozda

Qadriyat: yoshi ulugʻlar hamisha e’zozda


Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 46-moddasida: “Har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yo‘qotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot huquqiga ega”, - deb koʻrsatib oʻtilgan.

Jizzax shahar Navroʻz mahallasida istiqomat qilayotgan Vladimir Fokin 2020-yildan buyon yolgʻiz yashayotgan keksalar roʻyxatida turadi. Turmush oʻrtogʻi vafot etgan. Ikki nafar farzandi esa, ancha yillardan beri Rossiya Federasiyasida yashaydi.

Vladimir Pavlovich oziq-ovqat va dori-darmon vositalari uchun belgilangan miqdorda kompensatsiya oladi. Bundan tashqari haftaning dushanba, payshanba kunlari Jizzax shahar “Inson” ijtimoiy xizmat markazi ijtimoiy assistenti Nasiba O‘rozova Vladimir Pavlovich xolidan xabar olib, ijtimoiy xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Muruvvat koʻrsatish, saxiylik va ezgulik ulashish xalqimizga xos boʻlgan azaliy fazilat hisoblanadi. Bu kabi xayrli tadbirlar qon-qonimizga singib ketgan boʻlib, bizga ota-bobolarimizdan meros boʻlib kelayapti. Eng muhimi, yiqilganni suyash, keksalarni e’zozlash muqaddas qadriyatlarimizdan biriga aylangan.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi Axborot xizmati.



Report Page