"Qadring baland-xotirang abadiy"

"Qadring baland-xotirang abadiy"

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Kogon tuman bo'linmasi

Ma’lumki, yurtimizda 9 - may Xotira va Qadrlash kuni sifatida keng nishonlashi an’anaga aylanib qoldi. Mana shu ulug‘ ayyom kunida hammamiz eng avvalo, urush maydonlaridan qaytmagan yurtdoshlarimizning muqaddas xotirasi oldida bosh egib, ularning ruh poklariga hurmat bajo keltiramiz. Jang maydonlarida mardlik, jasorat ko‘rsatgan, front ortida fidokorona mehnat qilgan va bugun oramizda sog‘-omon yurgan faxriylarimizga ta’zim qilamiz. Hozirgi tinch-osoyishta hayotimiz, musaffo osmonimiz uchun ularga cheksiz minnatdorchilik bildiramiz.

Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Kogon tuman bo'linmasi, tuman xalq ta'limi bilan hamkorlikda tumandagi 12-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Qadring baland-xotirang abadiy" shiori ostida ma'naviy ma'rifiy tadbir tashkil etdi. Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Buxoro viloyat bo'limi rahbari M.Pardaeva Kogon tuman bo'linmasi xodimlari, afg'on urushi qatnashchilari shuningdek mehnat faxriylari ishtirok etdi.

Tadbir davomida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Buxoro viloyat bo'limi rahbari M.Pardaeva so'zga chiqib, o'quvchi yoshlarimizga urush xotiralaridan gapirib, bugungi tinch va osuda yurtning har bir kuniga shukronalar qilib yashash kerakligini ta'kidladi.

Biz azal-azaldan tinchliksevar xalqmiz. Aynan shu g‘oya targ‘ibotiga bag‘ishlangan buyuk milliy ma’naviy merosimiz bor. Ularning barida tinchlikning qadriga yetish targ‘ib etiladi. 9 mayni Xotira va Qadrlash kuni tarzida umumxalq bayrami sifatida nishonlab kelayotganimiz zamirida ham aynan ana shu ezgu maqsad yotibdi.

Ma'naviy ma'rifiy kecha davomida o'quvchilar tomonidan vatanni tarannum etuvchi kuy va qo'shiqlarga raqs tushib, badiiy chiqishlar namoyish etildi. Vafot etgan afg'on urush qatnashchilariga ehtirom ko'rsatilib, gulchambarlar qo'yildi. Hamon oramizda qanchadan-qancha urush qatnashchilari, front ortida mehnat-mashaqqat chekkanlar bor. O‘tganlarni xotirlash, safimizda yurganlarning esa qadriga yetish kerak.


Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Kogon tuman bo'linmasi


Report Page