“Qadring baland bo‘lsin ona tilim” shiori ostida ma`rifiy tadbir tashkil etildi.

“Qadring baland bo‘lsin ona tilim” shiori ostida ma`rifiy tadbir tashkil etildi.

"O`zarxiv" agentligi axborot xizmati

O`zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milly arxivida madaniy tadbir o`tkazildi.

Oʼzbek tili – Oʼzbekiston Respublikasi aholisining mutlaq koʼpchiligi boʼlmish oʼzbek xalqining ona tilidir. U Oʼzbekiston birligi va yaxlitligi, jamiyat jipsligining muhim omili hisoblanadi. Oʼzbek xalqining, uning milliy madaniyati va oʼziga xosligini ifoda etuvchi vosita boʼlmish oʼzbek tilining har tomonlama rivojlanishini taʼminlash, mazkur tilning davlat tili maqomidek salohiyatini izchil va toʼliq roʼyobga chiqarish muhim vazifadir.

Ona tili – millatning ruhidir. Til — davlat timsoli, mulki. Tilni asrash, rivojlantirish – millatning yuksalishi demak. Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab qoʼyilgan. Shu bois oʼzbek tili mustaqil davlatimizning bayrogʼi, gerbi, madhiyasi qatorida turadigan, qonun yoʼli bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramzidir.

Bugun «Oʼzbekiston Respublikasining Davlat tili toʼgʼrisida»gi qonun qabul qilinganiga 32 yil toʼldi. 

“O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 32 yilligini keng nishonlash” va “O‘zarxiv” agentligining tegishli farmoyishi ijrosini ta`minlash maqsadida bugun O`zbekiston Ilmiy-texnika va tibbiyot hujjatlari milliy arxivida “Qadring baland bo‘lsin ona tilim” shiori ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Аlisher Navoiy nomli Til va adabiyot Universiteti professori T.Enazarov, Rossiya Davlat maʼmuriyati Universiteti “Yurisprudensiya” fakulteti 2-bosqich talabasi Mamajonova Barno , Milliy Universitet Manbashunoslik va arxivshunoslik kafedrasi oʼqituvchisi Lutfiya Salomovalar taklif qilinib, oʼzbek tilining mavqei va uning davlat rivojidagi oʼrni xususida maʼruzalari tinglandi. Olmazor tumani 249-son umumtaʼlim maktabining oʼquvchilari va arxiv xodimlari tomonidan oʼzbek tilini targʼib qiluvchi badiiy chiqishlar bilan maʼrifiy tadbirni qiziqarli va jonli oʼtishini taʼminladilar. Tadbir davomida arxiv faoliyatini davlat tilida olib borishdagi samarali mehnatlari uchun arxiv direktori “Tashakkurnomasi” bilan taqdirlandilar.






O`zbekiston ITTH MA axborot xizmati

Report Page