“Qadring baland bo‘lsin ona tilim” respublika onlayn ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM
I. Umumiy qoidalar.
1. Mazkur Nizom umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida 21-oktabr-Oʻzbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan “Qadring baland bo‘lsin ona tilim” respublika onlayn ko‘rik-tanlovini (keyingi o‘rinlarda - ko‘rik-tanlov) tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu ko‘rik-tanlov “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabi tomonidan tashkil etiladi.
II. Ko‘rik-tanlovning maqsadi va vazifalari
3. Ko‘rik-tanlovni o‘tkazishdan maqsad o‘zbek tilining xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tiborini yuksaltirish hamda yosh avlodni ona tiliga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish;
4. Ko‘rik-tanlovning vazifasi iqtidorli bolalarni aniqlash, ularni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning ehtiyojlari va qiziqishlariga muvofiq ularning iste’dodi va ijodiy qobiliyatlarini namoyon qilish.
III. Ko‘rik-tanlovni shartlari, baholash mezoni
va ishtirokchilarini taqdirlash
5. Ko‘rik-tanlovda 6 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan barcha maktab
o‘quvchi-yoshlari ishtirok etishadi.
6. Ko‘rik-tanlov rejissyorlik, jurnalistika va notiqlik san’ati yo‘nalishida o‘tkaziladi.
7. Ko‘rik-tanlov quyidagi shartlardan iborat:
Ishtirokchilar yo‘nalishdan kelib chiqib jonli tarzda, video kompozitsiya tayyorlab tabrik yo‘llashlari lozim;
videorolik mp4 formatda, 3 daqiqadan oshmasligi va 100 megabaytdan katta bo‘lmasligi lozim;
ko‘rik-tanlovda o‘quvchi-yoshlar yakka yoki jamoaviy tarzda (ustozlari bilan ham) qatnashishlari mumkin
8. Ko‘rik-tanlovda ishtirok etish uchun 2023-yil 5-oktabrdan 20-oktabr kuniga qadar materiallar ishtirokchining F.I.Sh, (to‘garak rahbari F.I.Sh), hududi, tumani, maktabi, sinfi va telefon raqamini ko‘rsatgan holda @RBABM_TANLOVlarbot telegram botiga yuboriladi.
9. Hakamlar hay’ati tomonidan ishtirokchilarning ijro mahorati 100 ballik tizimda baholanadi:
mavzuni to‘g‘ri taqdim etilishi - 25 ball;
videorolikning sifatlilik darajasi -25 ball;
ijodiy ishni tayyorlashda kreativ yondashilganligi - 25 ball;
ijodiy ishning ma’nosi va g‘oyaviy mazmuni ochib berilganligi -25 ball.
10. Ko‘rik-tanlovning har bir yo‘nalishida 1-3 o‘rinni egallagan g‘olib va sovrindorlari “Barkamol avlod” respublika bolalar maktabining diplomlari bilan taqdirlanadilar.
IV. Yakuniy qoida
11. Hakamlar hay’atining g‘oliblarni aniqlash bo‘yicha qarorlari, ekspertlarning xulosalari asosida bo‘lishini inobatga olinib, qayta ko‘rib chiqilmaydi.