Qadimgi Poykent muzeyidagi arxeologik manbalar ustida ish olib borildi

Qadimgi Poykent muzeyidagi arxeologik manbalar ustida ish olib borildi


Joriy yilning 19-oktyabr sanasida Buxoro tarixi kafedrasi o’qituvchilari arxeolog A.T.Ochilov va t.f.f.d (PhD) A.H.Boltayevlar “Qadimgi Poykent muzeyi”da bo’lib, arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan sopol parchalari va shisha qoldiqlarining arxeologik tavsifi ustida ish olib borishdi. Tadqiqot davomida artefaktlarning xususiyati va tuzilishiga qarab ularning davriy sanasi IX-X asrlar bilan belgilandi. Tadqiqot so’ngida Buxoro tarixi kafedrasi hamda Qadimgi Poykent muzeyi o’rtasida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Bunday tadqiqotlar Buxoro tarixi kafedrasi o’qituvchilari va Qadimgi Poykent muzeyi ilmiy xodimlari bilan doimiy ravishda olib borilishiga kelishib olindi.








Report Page